UNESCOning Xotin-qizlar Ta’limi uchun Mukofotiga (UNESCO Prize for Girls’ and Womens’ education) arizalar qabul qilish boshlandi. Bu mukofot bilan jismoniy shaxslar, muassasalar va tashkilotlar xotin-qizlar ta’limini rivojlantirish yo’lida qo’shgan hissalari uchun taqdirlanadilar.
Grant kimlar uchun?
Xotin-qizlar ta’limini rivojlantirishga hissa qo’shib kelayotganlarni nomzod qilib ko’rsatishi mumkin bo’lgan NNTlar, UNESCOning doimiy delegatsiyalari va UNESCO Milliy Komissiyalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Eng munosib deb topilgan ikki laureat xotin-qizlar ta’limini rivojlantirish yo’lidagi harakatlarini davom ettirishlari uchun har birlari 50 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofot bilan taqdirlanadilar.
Talablar:
Nomzodlikka kim tavsiya etiladi?
- Xotin-qizlar ta’limi rivojiga samarali hissa qo’shgan shaxslar, muassasalar yoki tashkilotlar nomzodlari mukofot uchun tavsiya qilinishi kerak. Ular xotin-qizlar ta’limini rivojlantirish uchun yo’lga qo’yilgan yoki davom etayotgan loyiha yoki dasturlariga ega bo’lishlari va bular kamida ikki yildan beri yuritilayotgan bo’lishi kerak.
- Shuningdek, mo’ljallanayotgan da’vogarlar tanlash mezonlariga javob berishlari zarur. Eng asosiy talablar loyihaning ta’siri, innovatsionligi va barqarorligidir. Mezonlar haqida batafsil SHU YERDA tanishing.
Mukofotga nomzodlarni kim tavsiya qila oladi?
Mukofot uchun:
- UNESCO ga a’zo davlatlar: UNESCO Milliy Komissiyalari va doimiy delegatsiyalari orqali.
- Nodavlat tashkilotlar: UNESCO bilan hamkorlikda nomzodlarni tavsiya qilishlari mumkin.
- Mukofot uchun o’z-o’zini tavsiya qilish mumkin emas.
Dasturga qabul jarayoni:
Nomzodlarni tavsiya etish jarayoni
- http://unesco.org/gwe manzildagi onlayn platforma orqali ro’yxatdan o’ting. Bu platformadan faqatgina tavsiya etishga haqli tashkilotlar, muassasalar yoki shaxslar foydalanishlari mumkin
- Onlayn nomzod ko’rsatish faqatgina UNESCO uchun doimiy delegatsiyalar tomonidan yoki UNESCO bilan hamkorlikka ega nodavlat tashkilotlarning rasmiy akkauntlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
- UNESCOning rasmiy vakolatxonalari ham tavsiyalar berishlari mumkin biroq ular doimiy delegatsiyalar tomonidan taqdim etilishi zarur.
- Agar nomzod ko’rsatuvchi tashkilot arizani nomzodning o’zi to’ldirishini xohlasa, UNESCO tomonidan har bir nomzod uchun UNESTEAMS akkaunti ochiladi. Nomzod ko’rsatuvchilar bu haqidagi so’rovni GWEPrize@unesco.org manzilga ohirgi muhlatga qadar jo’natishlari kerak. Nomzodlar arizalarni to’ldirgach, nomzod ko’rsatuvchiga bu haqda email jo’natiladi va ular arizani doimiy delegatsiya tasdiqlashi uchun ko’rib chiqadilar.
- Nomzodi ko’rsatilayotgan shaxsning dasturi yoki loyihasi aniq, tushunarli va ariza formasida belgilangandek to’liq taqdim etilishi kerak.
- Barcha qo’llab-quvvatlovchi materiallar (masalan, nashrlar, rasmlar, videolar) onlayn tizim orqali elektron tarzda yuborilishi kerak.
- Nomzodlar UNESCO yoki NNTga tegishli doimiy vakolatxonalar tomonidan onlayn platforma orqali 11 may 2018 (yarim tun, Parij vaqti)dan kechiktirilmagan holda taqdim etilishlari zarur.
- Doimiy vakolatxona yoki nodavlat tashkilotlar uchtadan ko’p nomzod taqdim etishlari mumkin emas.
Mukofot dsturi haqida savollaringiz bo’lsa quyidagi manzilga murojaat qiling: GWEPrize@unesco.org
Mukofot dasturi uchun tushuntirish xati (explanatory note) bilan SHU YERDA batafsil tanishing