×

UNESCOning 50 ming AQSh dollarlik mukofoti


Grant

MUHLAT

11.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

4979 marta

UNESCOning Xotin-qizlar Ta’limi uchun Mukofotiga (UNESCO Prize for Girls’ and Womens’ education) arizalar qabul qilish boshlandi. Bu mukofot bilan jismoniy shaxslar, muassasalar va tashkilotlar xotin-qizlar ta’limini rivojlantirish yo’lida qo’shgan hissalari uchun taqdirlanadilar.

Grant kimlar uchun?

Xotin-qizlar ta’limini rivojlantirishga hissa qo’shib kelayotganlarni nomzod qilib ko’rsatishi mumkin bo’lgan NNTlar, UNESCOning doimiy delegatsiyalari va UNESCO Milliy Komissiyalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Eng munosib deb topilgan ikki laureat xotin-qizlar ta’limini rivojlantirish yo’lidagi harakatlarini davom ettirishlari uchun har birlari 50 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofot bilan taqdirlanadilar.

Talablar:

Nomzodlikka kim tavsiya etiladi?

  1. Xotin-qizlar ta’limi rivojiga samarali hissa qo’shgan shaxslar, muassasalar yoki tashkilotlar nomzodlari mukofot uchun tavsiya qilinishi kerak. Ular xotin-qizlar ta’limini rivojlantirish uchun yo’lga qo’yilgan yoki davom etayotgan loyiha yoki dasturlariga ega bo’lishlari va bular kamida ikki yildan beri yuritilayotgan bo’lishi kerak.
  2. Shuningdek, mo’ljallanayotgan da’vogarlar tanlash mezonlariga javob berishlari zarur. Eng asosiy talablar loyihaning ta’siri, innovatsionligi va barqarorligidir. Mezonlar haqida batafsil SHU YERDA tanishing.

Mukofotga nomzodlarni kim tavsiya qila oladi?

Mukofot uchun:

  1. UNESCO ga a’zo davlatlar: UNESCO Milliy Komissiyalari va doimiy delegatsiyalari orqali.
  2. Nodavlat tashkilotlar: UNESCO bilan hamkorlikda nomzodlarni tavsiya qilishlari mumkin.
  3. Mukofot uchun o’z-o’zini tavsiya qilish mumkin emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlarni tavsiya etish jarayoni

  1. http://unesco.org/gwe manzildagi onlayn platforma orqali ro’yxatdan o’ting. Bu platformadan faqatgina tavsiya etishga haqli tashkilotlar, muassasalar yoki shaxslar foydalanishlari mumkin
  2. Onlayn nomzod ko’rsatish faqatgina UNESCO uchun doimiy delegatsiyalar tomonidan yoki UNESCO bilan hamkorlikka ega nodavlat tashkilotlarning rasmiy akkauntlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
  3. UNESCOning rasmiy vakolatxonalari ham tavsiyalar berishlari mumkin biroq ular doimiy delegatsiyalar tomonidan taqdim etilishi zarur.
  4. Agar nomzod ko’rsatuvchi tashkilot arizani nomzodning o’zi to’ldirishini xohlasa, UNESCO tomonidan har bir nomzod uchun UNESTEAMS akkaunti ochiladi. Nomzod ko’rsatuvchilar bu haqidagi so’rovni GWEPrize@unesco.org manzilga ohirgi muhlatga qadar jo’natishlari kerak. Nomzodlar arizalarni to’ldirgach, nomzod ko’rsatuvchiga bu haqda email jo’natiladi va ular arizani doimiy delegatsiya tasdiqlashi uchun ko’rib chiqadilar.
  5. Nomzodi ko’rsatilayotgan shaxsning dasturi yoki loyihasi aniq, tushunarli va ariza formasida belgilangandek to’liq taqdim etilishi kerak.
  6. Barcha qo’llab-quvvatlovchi materiallar (masalan, nashrlar, rasmlar, videolar) onlayn tizim orqali elektron tarzda yuborilishi kerak.
  7. Nomzodlar UNESCO yoki NNTga tegishli doimiy vakolatxonalar tomonidan onlayn platforma orqali 11 may 2018 (yarim tun, Parij vaqti)dan kechiktirilmagan holda taqdim etilishlari zarur.
  8. Doimiy vakolatxona yoki nodavlat tashkilotlar uchtadan ko’p nomzod taqdim etishlari mumkin emas.

Mukofot dsturi haqida savollaringiz bo’lsa quyidagi manzilga murojaat qiling: GWEPrize@unesco.org

Mukofot dasturi uchun tushuntirish xati (explanatory note) bilan SHU YERDA batafsil tanishing

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!