Taylandda joylashgan Walailak universiteti 2018-yil avgustda boshlanayotgan 4 yillik bakalavr kurslari uchun grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Universitetning maqsadi Walailak universitetida o’qishni xohlovchi iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Quyidagi yo’nalishlar bo’yicha grant yutish imkoniyati mavjud:
- Logistika menejmenti va ta’minot zanjiri menejmenti bo’yicha biznes boshqaruvi bakalavri (Bachelor of Business Administration in Logistics Analytics and Supply Chain Management)
- Jamoat bilan aloqalar bo’limida bakalavr (Bachelor of Arts in Public Affairs)
- Raqamli innovatsion muhandislik sohasidagi muhandislik bakalavri (Bachelor of Engineering in Digital Innovation Engineering)
Ajratilgan grantlar soni: 15 tagacha.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Har bir to’rt yillik to’liq grantning umumiy miqdori tahminan 40 000-60 000 AQSh dollari bo’lib, u quyidagi harajatlarni o’z ichiga oladi:
- Kontrakt
- Turar joy
- Oylik stipendiya.
Kontrakt puliga 50% chegirma sifatida beriladigan qisman grantlar ham mavjud.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos tushishi kerak:
- 12 yillik ta’lim olgan bo’lish;
- GPA ko’rsatkichi (4 dan) 3.5 dan past bo’lmasligi;
- TOEFT IBT 61 yoki IELTS 6.0 darajasidan past bo’lmagan ingliz tili darajasiga ega bo’lish.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga ariza topshirishdan avval Walailak universiteti bakalavr kurslaridan biriga onlayn tarzda hujjat topshiring (https://entry.wu.ac.th). Grantga ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlarni wuic@wu.ac.th manzilga yuboring:
- Kollej yoki litsey direktoridan tavsiyanoma. Tavsiyanomada direktor bilan bog’lanish uchun kerakli ma’lumotlar ham kiritilgan bo’lishi kerak.
- Nomzodning grantga qiziqishi va unga loyiq ekani sabablarini ko’rsatuvchi tahminan bir varaq hajmdagi xat (Statement of Purpose).
Eslatmalar
- Grantga loyiq topilgan talabalar o’qish jarayonida a’lo natijalar ko’rsatishga harakat qilishlari zarur, qoniqarsiz natija ko’rsatayotgan talabalar grantdan mahrum qilinishlari mumkin.
- Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi shart. Agar hujjatlar ingliz yoki tay tilida bo’lmasa ingliz tiliga rasman tarjima qilinishi zarur.
- Grantning shartlari rasman e’lon qilingan hujjat SHU YERDA.
- Tavsiyanoma formasi SHU YERDA (berilgan tavsiyanoma shu formaga yozilishi kerak).
- Grantga ariza formasi SHU YERDA.