×

Tailand: Bakalavriat uchun to’liq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tailand

O'QILGAN

4273 marta

Taylandda joylashgan Walailak universiteti 2018-yil avgustda boshlanayotgan 4 yillik bakalavr kurslari uchun grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Universitetning maqsadi Walailak universitetida o’qishni xohlovchi iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Quyidagi yo’nalishlar bo’yicha grant yutish imkoniyati mavjud:

  • Logistika menejmenti va ta’minot zanjiri menejmenti bo’yicha biznes boshqaruvi bakalavri (Bachelor of Business Administration in Logistics Analytics and Supply Chain Management)
  • Jamoat bilan aloqalar bo’limida bakalavr (Bachelor of Arts in Public Affairs)
  • Raqamli innovatsion muhandislik sohasidagi muhandislik bakalavri (Bachelor of Engineering in Digital Innovation Engineering)

Ajratilgan grantlar soni: 15 tagacha.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir to’rt yillik to’liq grantning umumiy miqdori tahminan 40 000-60 000 AQSh dollari bo’lib, u quyidagi harajatlarni o’z ichiga oladi:

  1. Kontrakt
  2. Turar joy
  3. Oylik stipendiya.

Kontrakt puliga 50% chegirma sifatida beriladigan qisman grantlar ham mavjud.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos tushishi kerak:

  1. 12 yillik ta’lim olgan bo’lish;
  2. GPA ko’rsatkichi (4 dan) 3.5 dan past bo’lmasligi;
  3. TOEFT IBT 61 yoki IELTS 6.0 darajasidan past bo’lmagan ingliz tili darajasiga ega bo’lish.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza topshirishdan avval Walailak universiteti bakalavr kurslaridan biriga onlayn tarzda hujjat topshiring (https://entry.wu.ac.th). Grantga ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlarni wuic@wu.ac.th manzilga yuboring:

  1. Kollej yoki litsey direktoridan tavsiyanoma. Tavsiyanomada direktor bilan bog’lanish uchun kerakli ma’lumotlar ham kiritilgan bo’lishi kerak.
  2. Nomzodning grantga qiziqishi va unga loyiq ekani sabablarini ko’rsatuvchi tahminan bir varaq hajmdagi xat (Statement of Purpose).

Eslatmalar

  • Grantga loyiq topilgan talabalar o’qish jarayonida a’lo natijalar ko’rsatishga harakat qilishlari zarur, qoniqarsiz natija ko’rsatayotgan talabalar grantdan mahrum qilinishlari mumkin.
  • Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi shart. Agar hujjatlar ingliz yoki tay tilida bo’lmasa ingliz tiliga rasman tarjima qilinishi zarur.
  • Grantning shartlari rasman e’lon qilingan hujjat SHU YERDA.
  • Tavsiyanoma formasi SHU YERDA (berilgan tavsiyanoma shu formaga yozilishi kerak).
  • Grantga ariza formasi SHU YERDA.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!