Buyuk Britaniyaning Sussex universiteti (University of Sussex) magistratura o’qish uchun grant dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalrni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
Dasturga qabul qilinishi rejalashtirilgan talabalar soni: 4ta.
O’qish sohasi: Quyidagi yo’nalishlardan biriga hujjat topshiruvchi talabalar ushbu grant dasturida qatnashishi mumkin:
- Energy Policy MSc
- Project Management MSc
- Science and Technology Policy MSc
- Strategic Innovation Management MSc
- Sustainable Development MSc
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Sussex universiteti yuqoridagi yo’nalishlardan biriga hujjat topshirgan va qabul qilingan 4ta talabaning har biriga kontrakt pulining 10 ming funt sterlingga teng qismini to’lab beradi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Nomzod bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi kerak.
- Yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlardan biriga hujjat topshiri va qabul qilinishi kerak.
- Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Grant dasturi arizasida o’zining o’rganishdagi potensialini ko’rsatib bera olishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant dasturiga ariza topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Bunda «Statement of Purpose» to’ldirilishi lozim. Nozmod yozgan «Statement of Purpose» hujjati asosida grant uchun tanlanadi.