×

Buyuk Britaniya: Sussex universitetining magistratura uchun grant dasturi


Grant

MUHLAT

01.07.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

4482 marta

Buyuk Britaniyaning Sussex universiteti (University of Sussex) magistratura o’qish uchun grant dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalrni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Dasturga qabul qilinishi rejalashtirilgan talabalar soni: 4ta.

O’qish sohasi: Quyidagi yo’nalishlardan biriga hujjat topshiruvchi talabalar ushbu grant dasturida qatnashishi mumkin:

  • Energy Policy MSc
  • Project Management MSc
  • Science and Technology Policy MSc
  • Strategic Innovation Management MSc
  • Sustainable Development MSc

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Sussex universiteti yuqoridagi yo’nalishlardan biriga hujjat topshirgan va qabul qilingan 4ta talabaning har biriga kontrakt pulining 10 ming funt sterlingga teng qismini to’lab beradi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlardan biriga hujjat topshiri va qabul qilinishi kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Grant dasturi arizasida o’zining o’rganishdagi potensialini ko’rsatib bera olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga ariza topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Bunda «Statement of Purpose» to’ldirilishi lozim. Nozmod yozgan «Statement of Purpose» hujjati asosida grant uchun tanlanadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!