×

Indoneziya: Bakalavriat uchun to’liq grant va stipendiya


Grant

MUHLAT

08.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Indoneziya

O'QILGAN

3694 marta

Indoneziyaning Palembang shahrida joylashgan Politeknik Negeri Sriwijaya (POLSRI) universiteti 2018-yilgi Diploma III va amaliy bakalavr dasturlari  (Applied Bachelor Programs) uchun grantlarga arizalar qabul qilmoqda.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichi yoki Diploma III bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutgan talabaning o’qish kontrakti to’liq qoplab beriladi va unga stipendiya beriladi.

Talablar:

Grantga ariza berish uchun nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod Indoneziya fuqarosi bo’lmasligi kerak;
  2. Nomzod o’zida POLSRI universitetida to’liq stavkali bakalavriat kursida o’qish uchun kuchli xohishni namoyon qilishi kerak;
  3. Nomzod ingliz, malay yoki indonez tillaridan birida erkin so’zlasha olishi kerak;
  4. Nomzodlar litsey/kolejda oxirgi kursda o’qiyotgan bo’lishlari yoki o’qishni tamomlagan bo’lishlari kerak;
  5. Nomzod 21 yosh yoki undan kichik bo’lishi kerak (2018-yil 1-iyul hisobida);
  6. Nomzod internet orqali yoki universitet joylashgan Palembang shahrida o’tkaziladigan suhbatda qatnashishga tayyor bo’lishi kerak;
  7. Nomzodlar turli millatlar bilan hamjihatlikda yashashga tayyor bo’lishlari kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

  1. Ariza;
  2. Murojaat shakli;
  3. Kolej yoki litsey diplomining notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
  4. Kolej yoki litsey diplomining rasman tasdiqlangan ilovasi (baholari);
  5. Agar nomzod hali kolej yoki litseyni bitirmagan bo’lsa, birinchi kursdan uchinchi kursgacha bo’lgan jami beshta semestr uchun rasman tasdiqlangan baholar taqdim etilishi kerak;
  6. Elektr, elektronika, telekommunikatsiya, kimyo muhandisligi, energetika va sanoat kimyoviy texnologiyalari fakultetlariga hujjat topshirish uchun ko’z salomatligi darajasini ko’rsatuvchi tibbiy hujjat ham taqdim etish zarur (daltonizmning yo’qligini ko’rsatuvchi Colour Blindness Verification certificate);
  7. Tug’ilganlik haqidagi rasman tasdiqlangan guvohnoma;
  8. Passport nusxasi
  9. 4×6 o’lchamdagi ikkita fotosurat;
  10. Indoneziya tilidagi kurslarga hujjat topshirayotgan nomzodlar: UKBI (Uji Kemahiran Berbahasa Indonesia) sertifikati;
  11. Ingliz tilidagi kurslarga hujjat topshirayotganlar: TOEFL sertifikati (eng kamida TOEFL ITP 450 yoki TOEFL IBT yoki TOEIC’dan shunga teng ballar).

Barcha hujjatlar ingliz tilida, PDF formatida bo’lishi shart. Fotosurat .jpg formatida bo’lishi zarur. Hujjatlaringizni 2018-yil 8-iyundan kechiktirmay oia@polsri.ac.id elektron manziliga yuboring.

Kerakli hujjatlar uchun ariza formalarini yuklab oling:

Application Form

Application Form – Reference

Application Form – Certificate of Health Form

Application-Form-Housing Form

Application-Form-Law and Employment Declaration

Application-Form-Notice of Arrival

Application-Form-Checklist

Eslatmalar:

  • Ilk saralashdan muvaffaqqiyatli o’tgan nomzodlarga natijalar 2018-yil 20-iyunda ma’lum qilinadi.
  • 2018-yil 2-5-iyul kunlari suhbat bo’lib o’tadi.
  • Yakuniy natijalar 2018-yil 10-iyul kuni e’lon qilinadi.
  • Ma’lumot uchun: elektron pochta manzili – oia@polsri.ac.id.
  • Internet sahifa manzili – http://internationaloffice.polsri.ac.id/.
  • Tel: +620711353414, Faks: +62711355918
  • POLSRI’da o’qish haqida batafsil ma’lumotni maxsus nizomdan olishingiz mumkin.
  • Ushbu grant hozirda Applied Master of Renewable Energy Engineering yo’nalishi uchun ajratilmagan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!