Jahon banki timida ishlashni xohlovchilardan The Young Professionals Pragram dasturi uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. The Young Professionals Program (YPP) – Jahon banki tomonidan tashkil etilgan amaliyot va ish dasturi bo’lib, Jahon banki jamoasida o’z karyerasini boshlashni xohlovchi yosh va liderlik mahoratiga ega mutaxassislarga ushbu bank tizimidagi texnik va boshqaruv sohasida 5 yil davomida ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Nomzodlar iqtisod, moliya, ta’lim, sog’liqni saqlash, muhandislik, shaharsozlik, qishloq xo’jaligi, tabiiy boyliklar va Jahon banki tizimida mavjud boshqa sohalarda ishlashi mumkin. Sohalar bilan to’liq SHU YERDA tanishing.
Dasturga qabul qilinganlar bilan Jahon banki 5 yilllik har yili yangilanadigan mehnat shartnomasi tuzadi va bu muddatning dastlabki 24 oyi malaka oshirish dasturi shaklida amalga oshiriladi.
Dasturga qabul qilinishi rejalashtirilgan mutaxassislar soni: 45 nafar atrofida.
Grant kimlar uchun?
Jahon banki tizimida ishlashni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:
- Oylik ish haqi. Dasturga qabul qilinganlar ilmiy darajasi va ish tajribasiga muvofiq hamda xalqaro standardlardan kelib chiqib oylik ish haqi bilan ta’minlanadi.
- Sug’urta. Tibbiy sug’urta, hayot, baxtsiz hodisa va boshqa turdagi sug’urta xarajatlari qoplab beriladi. Dastur qatnashchisi oila a’zosi bilan AQShga borgan bo’lsa, oila a’zosining sug’urta xarajatlari ham qoplanadi.
- Transport xarajatlari. Jahon banki dasturga qabul qilinganlarning Vashingtonda kelishi xarajatlarini qoplaydi. Agar dasturga qabul qilingan nomzodning oilasi bo’lsa, ularni Vashingtonga olib kelish xarajati ham qoplanadi (faqat farzand, xotin/er yoki qaramoqda bo’lgan ota-ona nazarda tutilgan).
- Yuklarni olib borish uchun moddiy yordam (shipment). Dasturga qabul qilinganlar qaysidir yukalarini Vashingtonga olib borishi kerak bo’lsa, yukni olib kelish xarajatlari ham qoplab beriladi.
- Soliqlar uchun to’lov. Jahon banki dastur ishtirokchilariga daromad solig’i uchun to’langan summani qoplab beradi.
Talablar:
Ushbu dasturga hujjat topshirmoqchi bo’lgan nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Nozmod Jahon bankiga a’zo davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi lozim (O’zbekiston a’zo).
- Nomzod 1986-yil 1-oktabrdan keyin tug’ilgan bo’lishi kerak.
- PhD yoki Magistrlik darajasiga hamda o’zi tanlagan soha bo’yicha ish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
- Ingliz tilida yozma va og’zaki ravishda qiyinchiliksiz muloqot qila olishi kerak.
- Nomzod mutaxassisligi dastur tomonidan taklif etiladigan yo’nalishlardan biriga mos kelishi kerak.
- Rivojlantirish (development)ga bog’liq kamida 3 yillik ish stajiga ega yoki doktoranturada o’qigan bo’lishi kerak.
- Jahon bankining ishchi tillaridan birini (ingliz tilidan tashqari) to’liq bilish rag’batlantiriladi, lekin bu majburiy shart emas. Quyidagilar Jahon bankining ishchi tillari hisoblanadi: Rus, arab, fransuz, ispan, Portugal va xitoy tillari.
Dasturga qabul jarayoni:
Dastruga qabul jarayoni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- Ariza va kerakli hujjatlarni topshirish jarayoni – 14-iyundan 31-iyulgacha. Bunda nomzod dastlab Jahon banki veb-saytida ro’yxatdan o’tadi. Ro’yxatdan o’tilgandan keyin onlayn ariza to’ldiriladi. Bu arizada so’ralgan barcha savollarga javob berish lozim. Shuningdek, onlayn arizada quyidagi hujjatlar ham yuklanishi kerak:
– CV.
– Magistrlik/PhD diploma va baholar.
– Ariza inshosi.
– Magistrlik yoki PhD dissertatsiyasining qisqacha izohi (agar imkon bo’lsa).
Barcha hujjatlar ingliz tilida, .doc yoki .pdf formatda bo’lishi kerak. Fayl 5 MB dan oshib ketmasligi kerak. Onlayn ariza to’ldirilib, “Submit” tugmasi bosilgandan keyin arizaga kiritilgan ma’lumotlarni o’zgartirib bo’lmaydi. “Submit” tugmasi bosilgandan keyin nomzodga email orqali ID raqami yuboriladi. - Nomzodlarning hujjatlarini ko’rib chiqish – sentabr oyi oxirlarigacha. Bunda nomzodlarning hujjatlari o’rganib chiqiladi va bu bosqichdan o’tuvchilar tanlab olinadi.
- Intervyu uchun nomzodlarni saralash – oktabr oyi oxirlarigacha. Ikkinchi bosqichga o’tgan nomzodlarning hujjatlari maxsus komissiyaga taqdim etiladi va komissiya ular orasidan intervyu uchun nomzodlarni tanab oladi.
- Dekabr-yanvar oylarida intervyu bo’lib o’tadi. Intervyu Vashingtondagi yoki Parijdagi ofisda olinadi. Intervyu haqida SHU YERDA batafsil tanishing.
- Yakuniy qaror. 2019-yilning fevral oyida yakuniy qaror qabul qilinadi va dastruga qabul qilingan nozmodlar e’lon qilinadi. Qabul qilingan nomzodlar email orqali xabardor qilinadi.
- 2019-yilning sentabridan dastur boshlanadi.