Olive Tree Award Essay Competition xalqaro insholar tanloviga insholar qabul qilish boshlandi. 30 yoshdan oshmagan istalgan kishi usbu tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Insho mavzusi: Nomzodlar quyidagi mavzuda insho yozishi kerak: “How Travel and Tourism can Contribute to the UN Sustainable Development Goals”.
Grant kimlar uchun?
30 yoshgacha bo’lgan hamma uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
G’oliblar quyidagicha taqdiranadi:
1-o’rin – 1000 AQSh dollari miqdoridagi puli mukofoti.
2-o’rin – 500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti.
3-o’rin – 500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Nomzod 30 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.
- Nomzod turizm va sayohat sohasida ishlashi yoki o’qishi shart emas, lekin yoziladigan insho shu mavzuni qamrab olishi kerak.
- Insho ingiz tilida yozilishi kerak.
- Insho 1200 so’zdan oshib ketmasligi kerak.
Insho ingliz tilida yozilishi kerak bo’lsada, muallifning ingliz tilini bilish darajasi emas, inshodagi g’oya yuqoriroq baho olinishiga asos bo’ladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Nomzod quyidagi hujjatlarni 2018-yilning 1-avgustidan kechikmay unsdgessays@gmail.com elektron manziliga yuborishi lozim:
- Insho.
- Qisqa tarjimai hol.
- Yoshni tasdiqlovchi hujjat (passport nusxasi).
Insho yozish uchun tavsiyalar:
- Dastlab Sustainable Development Goals (Barqaror rivojlanish maqsadlari) ni e’tibor bilan o’qib chiqing.
- Turizm va sayohatning qaysi xususiyatlari Barqaror rivojanish maqsadlariga aloqador ekanligi haqida o’ylab ko’ring.
- The Olive Tree’da nashr qilingan maqolalarni yuklab oling va o’qib chiqing. Ulardan inshoni yozish uchun fikr olishingiz mumkin.
- Ijbobiy g’oyani targ’ib qiladigan holat, voqea yoki shaxsiy tajriba haqida yozing.
- Insho yozishda shoshilmang va inshoga kreativ yondashing.
- Insonlarni o’ylashga, fikrlashga undaydigan muammoli holatlar ifoda etilsa, yaxshiroq bo’ladi.
- Atrof muhit, korrupsiya, oshkoralik, inson huquqlari, universal qadriyatlar va shu kabi boshqa holatlarni tahlil qilib, o’zingiz uchun kerakli bo’lgan holatlarni tanlab oling.