×

Mukofot jamg’armasi 200 AQSh dollari bo’lgan insholar tanlovi!


Grant

MUHLAT

01.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2976 marta

Olive Tree Award Essay Competition xalqaro insholar tanloviga insholar qabul qilish boshlandi. 30 yoshdan oshmagan istalgan kishi usbu tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Insho mavzusi: Nomzodlar quyidagi mavzuda insho yozishi kerak: “How Travel and Tourism can Contribute to the UN Sustainable Development Goals”.

Grant kimlar uchun?

30 yoshgacha bo’lgan hamma uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’oliblar quyidagicha taqdiranadi:

1-o’rin – 1000 AQSh dollari miqdoridagi puli mukofoti.
2-o’rin – 500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti.
3-o’rin – 500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod 30 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod turizm va sayohat sohasida ishlashi yoki o’qishi shart emas, lekin yoziladigan insho shu mavzuni qamrab olishi kerak.
  • Insho ingiz tilida yozilishi kerak.
  • Insho 1200 so’zdan oshib ketmasligi kerak.

Insho ingliz tilida yozilishi kerak bo’lsada, muallifning ingliz tilini bilish darajasi emas, inshodagi g’oya yuqoriroq baho olinishiga asos bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod quyidagi hujjatlarni 2018-yilning 1-avgustidan kechikmay unsdgessays@gmail.com elektron manziliga yuborishi lozim:

  • Insho.
  • Qisqa tarjimai hol.
  • Yoshni tasdiqlovchi hujjat (passport nusxasi).

Insho yozish uchun tavsiyalar:

  1. Dastlab Sustainable Development Goals (Barqaror rivojlanish maqsadlari) ni e’tibor bilan o’qib chiqing.
  2. Turizm va sayohatning qaysi xususiyatlari Barqaror rivojanish maqsadlariga aloqador ekanligi haqida o’ylab ko’ring.
  3. The Olive Tree’da nashr qilingan maqolalarni yuklab oling va o’qib chiqing. Ulardan inshoni yozish uchun fikr olishingiz mumkin.
  4. Ijbobiy g’oyani targ’ib qiladigan holat, voqea yoki shaxsiy tajriba haqida yozing.
  5. Insho yozishda shoshilmang va inshoga kreativ yondashing.
  6. Insonlarni o’ylashga, fikrlashga undaydigan muammoli holatlar ifoda etilsa, yaxshiroq bo’ladi.
  7. Atrof muhit, korrupsiya, oshkoralik, inson huquqlari, universal qadriyatlar va shu kabi boshqa holatlarni tahlil qilib, o’zingiz uchun kerakli bo’lgan holatlarni tanlab oling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!