×

Gruziya: Xarajatlar qoplanadigan va haq to’lanadgan 1 yillik amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

31.07.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gruziya

O'QILGAN

3355 marta

Gruziya poytaxti Tbilisida joylashgan hamda ma’lumotlar, texnologiyalar va dizayndan kommunikatsiya sohasida samarali foydalanishga ixtisoslashgan ForSet tashkiloti 1 yillik amaliyot dasturi uchun jurnalist, kommunikatsiya mutaxassislari, aktivist, dezayner, OAV yoki ijtimoiy faollik sohasidagi dasturchilardan arizalar qabul qilmoqda.

Ushbu dastur davomida amaliyotchilar ma’lumotlar yig’ish, ularni tahlil qilish hamda qayta ishlash sohasidagi mahoratlarini oshiradilar. Har bir amaliyotchiga amaliyot olib borishda yordam ko’rsatuvchi mas’ul biriktiriladi.

Grant kimlar uchun?

Jurnalist, kommunikatsiya mutaxassislari, aktivist, dezayner, OAV yoki ijtimoiy faollik sohasidagi dasturchilar (Coder) uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyot o’tash uchun saralab olinganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Tbilisiga borish va kelish xarajatlari qoplab beriladi;
  • Tbilisda yashash uchun (turar joy, oziq-ovqat va hk) yetarli bo’lgan oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.

Tashkilot amaliyotchilarning safar sug’urtasi xarajatlarini qoplashni o’z zimmasiga olmaydi va bu xarajatni amaliyotchilarning o’zlari qoplashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nomzod quyidagi davlatlardan birida istiqomat qilayotgan va ishlayotgan bo’lishi kerak: O’zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkiya.
  • Nomzod jurnalist, kommunikatsiya mutaxassislari, aktivist, dezayner, OAV yoki ijtimoiy faollik sohasidagi dasturchi bo’lishi lozim.
  • Raqamli kommunikatsiya, ma’lumot tahlili, jurnalistika sohasida qobiliyatli bo’lishi kerak.
  • Nomzodning yozma va og’zaki ingliz tilisi yaxshi bo’lishi kerak.
  • 2018-yilning 29-oktabridan 18-noyabrigacha bo’lgan 3 haftalik muddatda Tbilis shahrida bo’la olishi kerak.
  • Shuningdek, 2019-yilning martida ham 3 hafta Tbilisda bo’la olishi kerak.
  • Onlayn tarzda o’tkaziladigan seminarlar, webinarlar va konferensiyalarda qatnasha olishi kerak.
  • Davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashga hissa qo’shishga tayyor bo’lishi kerak.
  • Siyosiy yoki diniy tashkilotlarda ishlamasligi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish jarayoni uch bosqichdan iborat. Dastlab nomzodlar onlayn ariza topshirishadi. Onlayn ariza topshirish bosqichidan o’tganlarga 6-avgustgacha xabar qilinadi. Ikkinchi bosqichga o’tganlar 12-avgustgacha mahoratni tekshirish formasini to’ldiradi. Bu bosqichdan ham o’tganlar bilan 16-22-avgust kunlari suhbat bo’lib o’tadi. Suhbatdan o’tganlar amaliyotchi sifatida qabul qilingan hisoblanadi.

Dastur bilan bog’liq savollar yuzasidan qristina@forset.ge elektron manzili orqali Qristina Parjianiga murojaat qilishingiz mumkin.a

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!