Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan Deutsches Museum muzeyi dunyodagi eng katta Fan va Texnologiya muzeyi hisoblanadi. Muzeyda tahminan 28000 eksponat mavjud va ularni ko’rgani muzeyga har yili bir yarim milliondan ortiq odam tashrif buyuradi. Aynan shu muzey ma’muriyati muzey eksponatlariga asoslangan tadqiqot olib borishni va muzey bilan hamkorlik qilishni xohlovchi tadqiqotchilar uchun grant ajratgan. Grantdan maqsad umidli tadqiqotchilarga muzeyning boy ko’rgazmasidan foydalangan holda shu mavzudagi o’z tadqiqotlarini olib borish imkonini berish va buni moddiy jihatdan yengillashtirish. Dastur turli davlat va sohalardan bo’lgan olimlarni o’ziga jalb qiladi. Hozirda arizalar qabuli ochiq. Dastur 6-12 oy davom etadi.
Grant kimlar uchun?
Muzey eksponatlariga oid tadqiqot olib borishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant taqdim etilgan tadqiqotchilarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:
- Hali PhD darajasini olmagan tadqiqotchilarga 6 oylik tadqiqot uchun 7 500 yevro, 12 oylik tadqiqot uchun 15 000 yevro stipendiya beriladi.
- PhD darajasiga ega tadqiqotchilarga 6 oylik tadqiqot uchun 15 000 yevro, 12 oylik tadqiqot uchun 30 000 yevro stipendiya beriladi.
- Muzey kompleksida maxsus turar joylar mavjud va agar ular bo’sh bo’lsa qatnashchilar u yerda vaqtincha yashab turishlari mumkin bo’ladi.
- Tadqiqotchilar ish uchun kompyuter va telefon bilan ta’minlanadi.
- Tadqiqot davomida olimlar muzeyning 50 dan ortiq hodimlari bilan har kuni muloqot qilishlari va ko’mak olishlari mumkin bo’ladi.
Talablar:
Barcha nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:
- Dastur uchun topshirilayotgan loyihalar muzey va uning eksponatlariga oid bo’lishi shart.
- Agar nomzodning loyihasida innovativ yondashuv bo’lsa, unga ustunlik beriladi.
- Barcha nomzodlar nemis tilidagi matnlarni tushuna olishlari shart.
Dasturga qabul jarayoni:
Agar grant sizni qiziqtirsa va ushbu dasturda ishtirok etishni xohlasangiz, quyidagi hujjat topshirishingiz zarur:
- Ariza.
- CV/resume.
- Loyiha haqida qisqacha ma’lumot (3-5 sahifadan iborat).
- Ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalarni tavsiya beruvchilar mustaqil tarzda, alohida jo’natishlari ham mumkin.
Murojaat uchun:
- Ma’lumot uchun: Tel.: 00 49 (0) 89 2179-280
Faks: 00 49 (0) 89 2179-239
E-Mail: a.walther@deutsches-museum.de - Qo’shimcha, batafsil ma’lumot uchun Elisabeth Vaupel ga murojaat qiling.
- Grant yutib olib, hozirda tatqiqot olib borayotgan yoki ilgari tatqiqot qilgan olimlar bilan bu yerda tanishing.