×

Fransiya: rezidensiya dasturi uchun 1200 yevro oylik stipendiya


Grant

MUHLAT

21.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

2690 marta

Fransiyanig Parij shahrida o’tishi mo’ljallanayotgan Artistic Research Residency Program san’at tadqiqoti residensiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Rezidensiya dasturi Parijda joylashgan musiqa va tovushlarni o’rganish markazi IRCAM tomonidan tashkillashtirilgan. Ushbu dastur san’at sohasida muhim tadqiqotlar olib borish niyatidagi san’atning turli sohalari vakillari uchun mo’ljallangan bo’lib, u qatnashchilarga bir guruh tashkilotchilar bilan hamkorlikda o’zlari talagan mavzuda tadqiqot olib borish imkonini beradi. Bu yil 11-marta o’tkazilayotgan rezidensiya dasturi orkestratsiya va sun’iy ong (Artificial intelligence) mavzusiga qaratilgan. Dastur uchun saralab olingan qatnashchilar IRCAM’ning tadqiqot jamoalari bilan birgalikda quyidagi mavzulardan biri bo’yicha tadqiqot olib borishlari mumkin:

Tashkilotchilar bir nechta boshqa rezidensiya dasturlari bilan hamkorlik qilgani uchun Fransiyadagi rezidensiya dasturi quyidagi dasturlar uchun uzaytirilishi ham mumkin:

Rezidensiya Tadqiqot dasturi 2 haftadan 6 oygacha davom etishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

San’at sohasi vakillari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur ishtirokchilari IRCAM’da o’z hamkor jamoalari bilan joylashtiriladi va har bir qatnashchiga 1200 yevro oylik stipendiya beriladi. Grant safar xarajatlari va boshqa turdagi moddiy ta’minotni o’z ichiga olmaydi.

Talablar:

Tadqiqot takliflari bilan ariza berishdan oldin nomzodlar IRCAM’ning tadqiqot jamoalari bilan bog’lanishlari va maslahatlashishlari zarur.

Arizalar onlayn tarzda bu yerda qabul qilinadi. Ariza to’ldirishni boshlash uchun avvaliga tizimda shaxsiy akkaunt ochish kerak.  Ariza topshirishda quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:

  1. CV.
  2. Biriktirilgan xat (cover letter).
  3. Tavsiyanoma.
  4. Tadqiqot taklifi loyihasi.
  5. Ish rejasi va boshqa ma’lumotlar.

Saralash jarayoni tadqiqot takliflarining originalligi, innovativ tabiati, amalga oshirish imkoniyati darajasi, hamkorlik masalalari va tajribaga asosan olib boriladi. Dasturga qabul jarayonida mutaxassislar ishtirok etadi va ularning ko’pchiligi dastur uchun tanlab olingan qatnashchining loyihasiga hamkorlik qiladigan mezbon tadqiqot guruhlari yetakchilari bo’ladi, shuning uchun loyiha masalasida ular bilan oldindan maslahatlashib, keyin ariza topshirish foydali hisoblanadi. Natijalar 2019-yil 27-martda e’lon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!