×

A.B. Duke Scholarship: AQShda bakalavr kurslari uchun to’liq grant, bepul yotoqxona va oziq-ovqat!


Grant

MUHLAT

15.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1596 marta

AQShda joylashgan Duke universiteti tomonidan taqdim etiladigan A.B. Duke Scholarship grant dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Duke unieversiteti bakalavr kurslarida o’qish uchun beriladi. A.B. Duke Scholarship dasturi Duke universitetining eng birinchi grant dasturi hisoblanadi va eng nufuzli grantlaridan biri hisoblanadi. Ushbu to’liq grant dasturiga AQShlik va dunyoning istalgan boshqa davlatlaridan bo’lgan nomzodlar ariza berishlari mumkin. Universitetdagi bakalavr kurslari ikkita fakultetga taqsimlangan: Trinity College of Arts & Sciences hamda Pratt School of Engineering. Grantlarni shu fakultetlarga qarashli istalgan bakalavr kursi uchun yutib olish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Talaba 4 yil o’qish to’lovidan to’liq ozod etiladi.
  • Yotoqxona va oziq-ovqat xarajatlari qoplab beriladi.
  • Turli yozgi maktab kurslari to’lovlari qoplab beriladi.
  • Akademik muvaffaqiyat uchun zaruriy trening va boshqa kurslar tashkil etiladi.

Talablar:

  • Nomzod Duke universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod maktabni (kollej/litseyni) a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi, darsdan tashqari yutuqlarga ega bo’lishi, shaxs sifatida serqirra va o’ziga xos xarakterni ko’rsata olishi zarur. Duke universiteti to’liq grantlari har tomonlama yetuk va jamiyatga ijobiy ta’sir qiladigan, o’zi tanlagan yo’nalishda katta salohiyatga va potensialga ega talabalarga beriladi.
  • Nomzod o’zi hujjat topshirgan kursning barcha qabul talablariga mos bo’lishi zarur. Talablarni tanlangan kurs sahifasidan topishingiz mumkin.
  • Qabul uchun SAT va ACT testlari natijalarini ixtiyoriy tarzda topshirishi mumkin. Bu testlarni topshirmagan nomzodlarning arizalari ham topshirganlarniki bilan bir xil baholanadi (farqi bo’lmaydi).
  • Nomzod ingliz tilidan kamida IELTS 7,0, Duolingo 120, PTE Academic 70 yoki TOEGL iBT 100 natijalariga ega bo’lishi zarur. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga alohida ariza berish talab etilmaydi. Bakalavr kurslariga ariza bergan barcha nomzodlar grantga ham da’vogarlik qiladilar.

  1. Bakalavr kurslariga arizalar “early decision” uchun 16-noyabrgacha, “regular decision” uchun esa 4-yanvargacha qabul qilinadi. Arizalarni Common App yoki Coalition App tizimlari orqali topshirish mumkin. Ariza topshirish uchun 85 AQSh dollari to’lovni amalga oshirish yoki ariza topshirish vaqtida chegirma uchun so’rov yuborish zarur.
  2. 15-noyabrga qadar CSS profile arizasini ham to’ldirish talab etiladi. Bu haqida batafsil

Qabul haqida ko’p beriladigan savollar va ularga javoblar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!