×

AAUW International Fellowships: magistratura, doktoranturada o’qish va postdoktorlik tadqiqoti uchun 50 000 dollargacha grant


Grant

MUHLAT

15.11.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

10478 marta

AAUW International Fellowship grant dasturi AQSH fuqarosi yoki doimiy rezidenti boʻlmagan ayol-qizlarning AQSHdagi akkreditatsiyalangan oliy taʼlim/tadqiqot muassasasida magistratura, PhD va postdoktorantura taʼlimini olishi hamda tadqiqot oʻtkazishini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi. Dasturga allaqachon AQSHda oʻqiyotganlar ham, endi oʻqishga topshirmoqchi boʻlganlar ham ariza topshirishi mumkin.

Bunda nomzodlar dasturga oʻzlarining oʻqish rejasi (study plan) yoki tadqiqot rejasini (research plan) taqdim etishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Grant magistratura, doktorantura kurslari yoki postdoktorlik tadqiqoti uchun xotin-qizlarga beriladi

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant qanday dasturga belgilanishidan kelib chiqib quyidagicha miqdorda bo’ladi:

  • Magistratura kursi uchun yillik 20 000 AQSh dollari grant
  • Doktorantura (PhD) kursi uchun yillik 25 000 AQSh dollari grant
  • Postdoktorlik tadqiqoti uchun yillik 50 000 AQSh dollari grant.

Grant bir yil muddatga beriladi. 5 tagacha magistraturada oʻqiyotgan gʻoliblar uchun grant ikkinchi yilga ham uzaytirishili mumkin.

Yuqoridagi summa quyidagi xarajatlar uchun ishlatishili mumkin:

  • Taʼlim xarajatlari.
  • Yashash xarajatlari.
  • Farzand parvarishi xarajatlari.
  • Professional uchrashuvlar, konferensiyalar yoki seminarga safar qilish uchun, bunday safarlar xarajati grant summasining 10 foizidan oshib ketmasligi kerak.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:

  • Grantlar faqat ayol-qizlarga beriladi.
  • Nomzod AAUW tashkilotining shu va boshqa grantlarini avval qo’lga kiritmagan bo’lishi kerak.
  • Grantlar AQSHda akkreditatsiyalangan oliy taʼlim/tadqiqot muassasadida tahsil oluvchi/olayotgan magistratura va PhD talabalariga oʻqish xarajatlari uchun, shuningdek, postdoktorlarga postdoktorlik tadqiqoti uchun beriladi.
  • Bundan oldin ariza topshirgan, lekin yuta olmaganlar qayta topshirishi mumkin.
  • Kamida bakalavrlik diplomiga ega boʻlgan yoki ariza topshirish muhlati tugaguniga (2023-yil, 15-noyabr) qadar bakalavrlik diplomini oladigan ayol qizlar topshira oladi.
  • Nomzod AAUW kengashi a’zosi yoki xodimlaridan biri bo’lishi mumkin emas.
  • Ingliz tilini kamida IELTS 6,5 ball darajasida bilish va til bilish darajasini isbotlovchi hujjat taqdim etish talab etiladi. Bunda IELTS, TOEFL, oʻrta taʼlim yoki bakalavriatni ingliz tilida oʻqiganlikni tasdiqlovchi hujjat yoki 2021-yil noyabrdan 2023-yil noyabrgacha boʻlgan oraliqda ingliz tilida dars beriluvchi oʻquv yurtida oʻz yoʻnalishini toʻliq bir semetr davomida oʻqiganligini isbotlovchi hujjat topshirilishi kerak.
  • Magistratura yoki doktoranturaga (PhD) hali hujjat topshiragan nomzodlar ariza topshirish muhlati tugaguniga (2023-yil, 15-noyabr) qadar AQSHdagi akkreditatsiyalangan oliy taʼlim muassasalaridan biriga ariza topshirishi kerak. Ariza topshirishda magistratura/doktoranturaga qabul qilingan boʻlish talab etilmasa-da, grant taqdim etilishi uchun gʻoliblar keyinchalik qabul qilinganlikni isbotlovchi hujjat taqdim etishi lozim.
  • Magistr va doktorant nomzodlar grant taqdim etiladigan yili AQSHdagi akkreditatsiyalangan OTMlardan birida oʻqiyotgan boʻlishi kerak, shuningdek ularning oʻqishi kunduzgi taʼlim (full-time) boʻlishi lozim.
  • Grant toʻliq bir yil davomida tadqiqot olib borish uchun beriladi. Bir yildan kam boʻlgan tadqiqot/oʻqish muddati uchun grant ajratilmaydi.
  • Onlayn (masofaviy) o’qitiladigan kurslar uchun grant berilmaydi.

MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy tarzda keltirilgan. Talablar bilan BU YERDA toʻliq tanishing (Eligibility).

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2023-yil 1-avgustdan 15-noyabrga qadar topshirilishi mumkin. Hujjat topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. AQShda joylashgan, akreditatsiyadan o’tgan oliy ta’lim muassasasiga magistratura yoki doktorantura kursiga 15-noyabrga qadar hujjat topshiring. Grantga hujjat topshirish vaqtida o’qishga qabul qilinganligingiz haqida ma’lumot talab etilmaydi, hujjat topshirganingizni tasdiqlash yetarli. O’qish emas, tadqiqot uchun grant yutish niyatidagi nomzodlar o’zlari tadqiqot olib boradigan muassasa tanlab, ularga murojaat qilishlari, tadqiqot olib borishga rozilik olishlari va tadqiqot rejasini tayyorlashlari kerak. Bu ishlar ham 15-noyabrgacha bajarilishi zarur.
  2. Yuqoridagilar bajarilgach, AAUW International Fellowship dasturiga alohida ariza yuboring. Arizalar 15-noyabrgacha bu yerda qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar ro’yxati bilan bu yerda tanishing (Required components).

Grant belgilangan nomzodlar ro’yxati 2024-yil 15-aprelda e’lon qilinadi. Grantni taqdim etish 2024-yil 1-iyuldan 2025-yil 30-iyungacha taqdim etiladi.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!