×

AAUW International Fellowships: magistratura va PhD bosiqichida tadqiqot olib borish uchun 25 000 dollargacha grant


Grant

MUHLAT

30.09.2025

QOLGAN VAQT

83 kun

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

14283 marta

AAUW International Fellowship grant dasturi AQSH fuqarosi yoki doimiy rezidenti boʻlmagan ayol-qizlarning AQSHdagi akkreditatsiyalangan oliy taʼlim/tadqiqot muassasasida magistratura va PhD taʼlimini olishi hamda tadqiqot oʻtkazishini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi. Dasturga allaqachon AQSHda oʻqiyotganlar ham, endi oʻqishga topshirmoqchi boʻlganlar ham ariza topshirishi mumkin.

Bunda nomzodlar dasturga oʻzlarining oʻqish rejasi (study plan) yoki tadqiqot rejasini (research plan) taqdim etishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Grant magistratura, doktorantura kurslari yoki postdoktorlik tadqiqoti uchun xotin-qizlarga beriladi

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant qanday dasturga belgilanishidan kelib chiqib quyidagicha miqdorda bo’ladi:

  • Magistratura kursi uchun yillik 20 000 AQSh dollari grant
  • Doktorantura (PhD) kursi uchun yillik 25 000 AQSh dollari grant

Grant bir yil muddatga beriladi. 5 tagacha magistraturada oʻqiyotgan gʻoliblar uchun grant ikkinchi yilga ham uzaytirishili mumkin.

Yuqoridagi summa quyidagi xarajatlar uchun ishlatishili mumkin:

  • Taʼlim xarajatlari.
  • Yashash xarajatlari.
  • Farzand parvarishi xarajatlari.
  • Professional uchrashuvlar, konferensiyalar yoki seminarga safar qilish uchun, bunday safarlar xarajati grant summasining 10 foizidan oshib ketmasligi kerak.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:

  • Grantlar faqat ayol-qizlarga beriladi.
  • Nomzod AAUW tashkilotining shu va boshqa grantlarini avval qo’lga kiritmagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ariza topshirish vaqtida AQSHdagi oliy taʼlim muassasasining magistrlik yoki PhD bosqichiga toʻliq oʻqish (full-time) asosida qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Bundan oldin ariza topshirgan, lekin yuta olmaganlar qayta topshirishi mumkin.
  • Kamida bakalavrlik diplomiga ega boʻlish lozim. Bunga GPA (baholarning oʻrtachasi) 4 lik tizimga kamida 3,5 boʻlishi talab etiladi.
  • Nomzod AAUW kengashi a’zosi yoki xodimlaridan biri bo’lishi mumkin emas.
  • Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat topshirish talab etiladi (IELTS 6.5 yoki shunga teng boshqa xalqaro ingliz tili darajasi).
  • Grant toʻliq bir yil davomida tadqiqot olib borish uchun beriladi. Bir yildan kam boʻlgan tadqiqot/oʻqish muddati uchun grant ajratilmaydi. Bunda tadqiqot 2026-yil 1-sentabrdan yoki undan oldin boshlanishi va 2027-yil 30-aprel yoki undan keyin yakunlanishi kerak.
  • Onlayn (masofaviy) o’qitiladigan kurslar uchun grant berilmaydi.

MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy tarzda keltirilgan. Talablar bilan BU YERDA toʻliq tanishing (Eligibility).

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2025-yil 1-avgustdan 30-sentabrga qadar topshirilishi mumkin. Hujjat topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. AQShda joylashgan, akreditatsiyadan o’tgan oliy ta’lim muassasasiga magistratura yoki doktorantura kursiga ariza topshiring. Grantga hujjat topshirish vaqtida o’qishga qabul qilinganligingiz haqida ma’lumotnoma (qabul xati) talab etiladi.
  2. Yuqoridagilar bajarilgach, AAUW International Fellowship dasturiga alohida ariza yuboring. Ariza topshirish uchun havola qabul ochilganida BU SAHIFAGA joylanadi. Kerakli hujjatlar ro’yxati bilan bu yerda tanishing (Application requirements).

Grant belgilangan nomzodlar ro’yxati 2026-yil 15-aprelda e’lon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!