×

ADB Internship Program: magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun haq toʻlanadigan amaliyot


Grant

MUHLAT

15.02.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Filippin

O'QILGAN

5438 marta

Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) hamkor mamlakatlar fuqarolari uchun mo’ljallangan (ro’yxatda O’zbekiston ham bor) ADB Internship Program amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dasturga OTB faoliyat yuritadigan sohalar bo’yicha magistratura/PhD kurslarida tahsil olayotgan talaba va tadqiqotchilar ariza berishlari mumkin. Dastur yuqori potensialli, iqtidorli, keng fikrlovchi talabalarga o’z karyeralarini boshlashda bebaho xalqaro tajriba orttirish imkonini beradi. Amaliyot dasturi Filippinda boʻlib oʻtadi va 8-11 hafta davom etadi. Dasturga 20 dan ortiq amaliyotchilar qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichi talabalari / tadqiqotchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur g’oliblari quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladilar:

  • Yirik xalqaro tashkilotida ishlash.
  • 50 dan ortiq turli mamlakatlarning tajribali mutaxassislari bilan hamkorlik qilish.
  • OTB faoliyati haqida chuqurroq ma’lumotga ega bo’lish.
  • O’tkazgan tadqiqotlati orqali OTB rivojiga o’z hissasini qo’shish.
  • Aviachipta xarajatlarining bir qismi OTB tomonidan qoplanadi.
  • Barcha amaliyotchilarga stipendiya taqdim etiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. OTB ro’yxatiga kiruvchi mamlakat fuqarosi bo’lishi kerak (ro’yxatda O’zbekiston ham bor).
  2. Nomzod magistratura/PhD bosqichida o’qiyotgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod OTB faoliyatiga mos soha bo’yicha o’qiyotgan bo’lishi zarur.
  4. Amaliyot dasturi nihoyasida ishtirokchilar o’zlari o’qiyotgan oliygohga qaytib, o’qishlarini davom ettirishlari kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  6. Nomzod o’zi tadqiqot olib borayotgan soha bo’yicha ish/amaliyot tajribasiga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

2023-yilda amaliyot oʻtash uchun 2 marta qabul boʻladi:

  • 1-qabul: 2023-yil yanvardan boshlab amaliyot oʻtash uchun hujjatlar 2022-yil 15-iyuldan 15-sentyabrgacha qabul qilinadi (bu qabul tugagan).
  • 2-qabul: 2023-yil iyundan boshlab amaliyot oʻtash uchun hujjatlar 2022-yil 15-dekabrdan 2023-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Arizalar BU YERDA qabul qilinadi.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  1. Onlayn riza.
  2. CV.
  3. Insho.

Nomzodlar CV va insho natijalariga ko’ra, tadqiqot yo’nalishi, ish tajribasi, rivojlanish sohasiga bildirgan qiziqishi va motivatsiya darajasi asosida, jins va millat balansini hisobga olgan holda saralanadilar. Saralash bosqichidan o’tgan nomzodlar keyingi bosqichga taklif qilinadilar.

Nomzod barcha hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarning to’g’riligiga ishonch hosil qilishi kerak. Aks holda ariza qabul qilinmasligi yoki grant bekor qilinishi mumkin.

MUHIM: Grant haqidagi to’liq ma’lumotni OTB rasmiy saytidan va savol- javoblardan olishingiz mumkin.

Savollar yuzasidan bu yerdagi shakl orqali murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!