×

ADB-JSP grant dasturi: magistraturada bepul o’qish, oylik stipendiya olish uchun grant; yo’l va sug’urta xarajatlari ham qoplanadi!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

4845 marta

Dunyo bo’ylab turli davlatlardagi magistratura kurslarida o’qish uchun beriladigan The Asian Development Bank-Japan Scholarship Program (ADB-JSP) grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Har yili o’rtacha 140 nafar nomzod mszkur grant bilan taqdirlanadi.

Mazkur grant dastur tarkibiga iruvchi oliygohlar tomonidan talif etiluvchi quyidagi yoʻalishlar uchun ajratilai:

  • economics
  • management
  • health
  • education
  • agriculture
  • environment
  • natural resource management
  • science and technology
  • other development-related fields

ADB-JSP grant dasturi tarkibiga kiruvchi oliygohlar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

  • Talaba kontrakt to’lovidan ozod etiladi;
  • Oylik stipendiya beriladi;
  • Turar joy xarajatlari qoplanadi;
  • Zaruriy darsliklar bilan ta’minlanadi;
  • Bepul tibbiy sug’urta;
  • Yo’l xarajatlari qoplanadi;
  • Agar talaba tadqiqot olib borsa, tezis tayyorlash uchun ketadigan xarajatlar uchun ham qo’shimcha mablag’ ajratilishi mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod mazkur grantga ariza topshirishi mumkin boʻlgan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak (Oʻzbekiston fuqarolari topshira oladi).
  • Nomzod 35 yoshdan oshmagan bo’lishi lozim. Alohida hollarda yuqori lavozimli mansabdor shaxslar va boshqaruvchi (menejer)larga moʻljallangan dasturlar uchun yosh chegarasi 45 yosh.
  • Nomzod bakalavr bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim.
  • Nomzod ADB-JSP dasturi tarkibiga kiruvchi oliygohlarning magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Universitetlar ro’yxati bilan bu yerda ba’tafsil tanishing.
  • Nomzod o’qish muddati tamom bo’lgach o’z davlatiga qaytishi tayyor bo’lishi lozim.
  • Oʻz davlatidan boshqa davlatda yashayotgan yoki ishlayotganlar mazkur dasturga ariza topshira olmaydi.

Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

ADB-JSP grantini yutib olish uchun bu yerda ko’rsatilgan 9 davlatda joylashgan va grant dasturida ishtirok etayotgan universitetlardan biriga, ro’yxatda ko’rsatilgan yo’nalishlardan biridagi magistratura kursiga hujjat topshirish kerak. Magistraturaga hujjat topshirishda grant uchun ariza ham qo’shib topshiriladi. Arizani BU YERDAN yuklab oling (Application Form).

Mazkur grantga arizalar yil boʻyi qabul qilinadi. Vakolatli universitetlarning kerakli magistratura kurslariga qabul muddatlari universitetga qarab farq qiladi. Shu sababli, magistraturaga qabul muddatini kerakli universitetni tanlash orqali ularning veb-saytlaridan bilib olishingiz kerak.

Nozmod magistraturga ariza topshirishda qabul komissiyasiga ABD-JSP Scholarship dasturiga ham ariza topshirmoqchi ekanini aytadi va grant dasturi uchun arizani ham toʻldirib, hujjatlar bilan birgan topshiradi.

Hujjatlarni o’qish boshlanishidan kamida 6 oy avval yuborish kerak. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot bu yerda ko’rsatilgan.

Magistratura kurslariga hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Universitetga qarab ushbu hujjatlar tarkibi biroz farq qilishi mumkin.

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Mazkur grantga harakatni boshlashdan oldin grantning rasmiy veb-saytiga kirib, koʻp beriladigan savollar, hujjat topshirish jarayoni va boshqa muhim maʼlumotlar bilan toʻliq tanishib chiqing.

Qo’shimcha ma’lumot uchun kontaktlarni BU YERDAN topasiz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!