×

Adobe Design Circle Scholarship: dizayn bo’yicha istalgan davlatda o’qish to’lovi uchun 25 000 AQSh dollarigacha grantlar! Talabalar va abituriyentlar hujjat topshirishi mumkin


Grant

MUHLAT

11.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1958 marta

Adobe kompaniyasining Adobe Design Circle Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar istalgan sohaga oid dizayn, ayniqsa, raqamli, mahsulot va tajriba (experience) dizayni yo’nalishlarida bakalavr kursida o’qiyotgan talabalar uchun mo’ljallangan. Grantlarni dunyoning istalgan davlatida bakalavr kursining istalgan yilida o’qish uchun yutib olish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Dizayn bo’yicha bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar va o’qiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant berilgan talaba 2021-22 o’quv yili kontrakt to’lovi uchun 25 000 AQSh dollarigacha grant yutib olishi mumkin. Grant miqdori talaba o’qiyotgan davlatga qarab har xil bo’lishi va 25 000 AQSh dollaridan kam bo’lishi mumkin. AQSh kabi kontrakt to’lovi va o’qish xarajatlari yuqori davlatlarda o’qiyotgan talabalarga grant hajmi 25 000 AQSh dollaridan ortiq belgilanmaydi. Grant miqdorini belgilashda oziq-ovqat va turar joy xarajatlarini hisobga olinmaydi. Dastur tashkilotchilari grant sohiblariga amaliyot, kurslar va boshqa imkoniyatlarni ham taqdim etadi.

Grantni 2021-22 o’quv yilida endi o’qishga hujjat topshirgan, kirgan yoki bakalavr kursining ma’lum (1, 2, 3 yoki 4) kursida o’qiyotgan talabalar yutib olishlari mumkin. Talabaning baholari pasayib ketmasa, grant o’qish nihoyasiga yetgunicha har yili beriladi.

Talablar:

  • Nomzod istalgan sohaga oid dizayn, ayniqsa, raqamli, mahsulot va tajriba (experience) dizayni yo’nalishlaridan biri bo’yicha bakalavr kursiga hujjat topshirgan, qabul qilingan yoki o’qiyotgan bo’lishi mumkin.
  • Grantni istalgan davlatda o’qish uchun yutib olish mumkin.
  • Grantga ariza berish vaqtida o’qishga qabul qilinganlik haqida hujjat talab qilinmaydi, lekin grant yutib olgan nomzodlar bakalavr kursiga qabul qilinganlik haqida hujjat taqdim etishi kerak. Agar ariza berish vaqtida qabul qilinganlik haqida hujjat bo’lsa, taqdim etish kerak. Hozirda o’qiyotgan talabalar talabalik haqida hujjat topshiradi.
  • Nomzod amalda ko’rsatilgan yetakchilik sifatlari va potensialiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod dizayndan ijobiy ijtimoiy o’zgarishlarga turtki sifatida foydalanishni niyat qilgan, kuchli xarakter va maqsadga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod o’qishi uchun moddiy yordamga muhtoj bo’lishi va buni isbotlay olishi kerak.
  • Ijobiy tavsiyanomalarga ega bo’lishi lozim.
  • Akademik va professional maqsadlari grant dasturi maqsadlariga mos bo’lishi kerak (dizaynni rivojlantirish, undan ijobiy maqsadlarda foydalanish va hkz.). Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 11-martgacha qabul qilinadi. Arizani boshlash uchun bu yerga bosing. Grantga ariza natijalari may oyi oxirigacha e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Yozma yoki video shaklidagi shaxsiy bayon.
  3. Ikkita tavsiyanoma.
  4. O’qish xarajatlari hisoblangan hujjat.
  5. Maktab/litsey/kollej baholari.
  6. Universitet baholari (o’qishni boshlagan va bir necha semestr o’qigan talabalar uchun).
  7. 3 tagacha ish namunasidan iborat portfolio. Portfolioda nomzod dizayn qilgan saytlarga havolalar, uning ishlari joylashtirilgan saytlarga havolalar va boshqalar ko’rsatilishi mumkin. Bu haqida bu yerda o’qing.

Savollaringiz bo’lsa, savol-javoblar (FAQ) sahifasi bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!