×

Adobe Research Fellowship: PhD tadqiqotchilari uchun 10 000 AQSh dollari grant!


Grant

MUHLAT

04.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1265 marta

O’z mahsulotlarini takomillashtirish maqsadida tadqiqot ishlarini qo’llab-quvvatlab keluvchi Adobe kompaniyasi tomonidan beriladigan Adobe Research Fellowship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar hozirda PhD kursida o’qiyotgan va Adobe kompaniyasi uchun foydali bo’lishi mumkin loyihalar ustida tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchilarga beriladi. Dasturga quyidagi mavzularda tadqiqot olib borayotganlar qabul qilinadi: 

Grant dasturi tadqiqotchiga o’zi yashayotgan hududda va oliy ta’lim yoki tadqiqot muassasasida tadqiqotini davom ettirishi uchun moliyaviy ko’mak ajratadi. 

Grant kimlar uchun?

Kompyuter fanlari bo’yicha PhD kurslari talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan tadqiqotchiga 10 000 AQSh dollari pul mukofoti va bir yillik Adobe Cloud obunasi beriladi. Tadqiqotchi mukofot uchun berilgan mablag’ni PhD kursi va tadqiqot uchun sarflashi mumkin. Tadqiqotchilarga Adobe kompaniyasida amaliyot o’tash uchun suhbatdan o’tib, o’zlarini sinab ko’rish imkoniyati ham beriladi.

Talablar:

  • Nomzod 2020-21 va 2021-22 o’quv yillari davomida PhD talabasi hisoblanishi kerak.
  • Nomzod ko’rsatilgan sohalarga oid mavzularda muhim tadqiqot olib borayotgan bo’lishi kerak.
  • Adobe kompaniyasi xodimlarining qarindoshlari dasturga hujjat topshirishlari mumkin emas. 

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2020-yil 4-dekabrgacha bu yerda qabul qilinadi. Natijalar yanvar oyida e’lon qilinadi. Hujjat topshirish yo’riqnomasi bilan bu yerda tanishing. Arizalar ingliz tilida topshiriladi. 

Kerakli hujjatlar: 

  • Nomzodning tadqiqoti haqida 2 betli qisqa ma’lumot. Shundan kamida yarim bet qismi tadqiqotning Adobe kompaniyasiga qanday foydasi tegishi mumkin ekanligi haqida bo’lishi kerak.
  • CV
  • Bakalavr va barcha keyingi bosqich kurslari diplom va baholari.

Qo’shimcha ma’lumot uchun bu yerga bosing. Ma’lumot uchun AdobeFellowship@scholarshipamerica.org manziliga ingliz tilida email yuboring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!