×

Aeroport menejerlari va mutaxasislari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi


Grant

MUHLAT

09.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2534 marta

U.S. Department of Commerce – AQSh Savdo Vazirligi homiyligida tashkil etilgan Special American Business Internship Training Program – SABIT amaliyot dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. SABIT dasturi doirasida AQSh Savdo Vazirligi tomonidan Yevrosiyo aeroportini rivojlantirish boʻyicha 20 nafar mutaxassisaeroport menejerlari yoki oʻz tashkilotlarida muayyan sohalarga mas’ul rahbarlar uchun oʻquv dasturi ishlab chiqilgan. Dastur 2020-yil 10-oktyabrdan 24-oktyabrgacha, 2 hafta davomida boʻlib oʻtishi moʻljallangan. Amaliyotning birinchi qismi treningga bagʻishlangan boʻlib, unda uyushmalar va tadbirkorlikni tartibga solish jarayonlari, qonunchilik, standartlar, sertifikatlashtirish, biznes-rejalar, madaniyatlararo muzokaralar va menejment mavzulariga bagʻishlangan mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Dasturning keyingi qismida ob’ektlarga tashriflar va aeroportni rivojlantirish sohasida ishlaydigan Amerika kompaniyalari va tegishli sanoat birlashmalari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi. Dasturning asosiy maqsadi – ishtirokchilarni AQSh aeroportlarining rivojlanishi bilan tanishtirish.

Grant kimlar uchun?

Aeroport menejerlari va mutaxasislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur gʻoliblariga AQSh hukumati tomonidan quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • Moskva, Kiyev, Istanbul yoki Yevropaning biror davlatidan AQShga borish va qaytish uchun aviachipta (belgilangan joygacha ishtirokchi oʻz hisobidan yetib borishi zarur).
  • Bepul amaliyot dasturida qatnashish.
  • Tarjimon (ingliz-rus) va tashkilotchi xizmatlari.
  • Shoshilinch tibbiy yordam holatida sugʻurta.
  • Oziq-ovqat va koʻzda tutilmagan boshqa xarajatlarni qoplash uchun stipendiya.
  • SABIT dasturi qatnashchilari B1 / B-2 ish vizasi bilan safar qiladilar (ishtirokchilar viza xarajatlarini oʻzlari toʻlashlari kerak).
    Grantning manfaatli jihatlari haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston yoki Qozogʻiston fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Dasturga aeroport menejerlari yoki oʻz tashkilotlarida muayyan sohalarga mas’ul boʻlgan rahbarlar ariza berishlari mumkin.
  3. Nomzod kamida 3 yillik boshqaruv tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod rus va/yoki ingliz tilida ravon soʻzlasha olishlari kerak.
  5. Nomzodlar U.S. Department of Commerce tomonidan kasbiy va akademik yutuqlari, sanoatning muayyan sohalaridagi tajribalari asosida koʻrib chiqiladi va tanlanadi.
  6. SABIT a’zolariga AQShda doimiy ish izlashga ruxsat berilmaydi.
  7. Kursni tugatgandan soʻng ishtirokchilar oʻz vatanlariga qaytishlari kerak.
  8. Agar amaliyotchi dastur tugaganidan soʻng ham mamlakatni tark etmasa, uning mamlakatidagi AQSh elchixonasiga dastur qoidalarini buzganligi toʻgʻrisidagi xabar yuboriladi. Bu holat mazkur ishtirokchiga va kelgusida uning mamlakatidan shu dastur uchun ariza beruvchi boshqa qatnashchilarning AQShga borish uchun viza olishlariga ta’sir qilishi mumkin. Nomzodga qoʻyilgan talablar haqida shu yerda batafsil bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Special American Business Internship Training Program – SABIT amaliyot dasturi uchun arizalar 2020-yilning 19-iyunigacha qabul qilinadi.

Hujjatlar elektron pochta orqali SABIT dasturining mintaqaviy vakiliga yuborish kerak. SABIT dasturining Markaziy Osiyo (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston) va Rossiya uchun koordinatori – Alem Abubakirova: Alem.Abubakirova@trade.gov 

U.S. Department of Commerce | International Trade Administration

U.S. Consulate – Olmota, Qozog’iston

Telefon: +7 (727) 250 76 12, ext. 6492

Ariza va kerakli hujjatlarning barchasi yagona PDF fayliga joylanishi va quyidagicha nomlanishi kerak: nomzod murojaat qilgan dasturning nomi (bu holda, Aeroportni rivojlantirish), nomzodning ismi, familiyasi va mamlakati.

Bir necha fayldan iborat va/yoki RAR formatidagi hujjatlar qabul qilinmaydi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza (ariza shakli rus va ingliz tillarida toʻldirilishi kerak).
  2. Tavsiyanoma (kompaniyaning firma varaqasiga yozilishi va nomzodning rahbari tomonidan imzolanishi kerak. Xatda 2020 yil 10-24 oktyabrda boʻlib oʻtadigan dasturda ishtirok etish uchun ruxsat boʻlishi kerak. Xat rus va ingliz tillarida yozilgan boʻlishi kerak).
  3. Pasport nusxasi.

SABIT`ning Vashingtondagi filiali amaliyotchilarni oʻqishga yuborish toʻgʻrisidagi yakuniy qarorni qabul qiladi. Saralangan arizachilar AQShdagi SABIT vakili yoki oʻz mintaqasidagi SABIT / USG vakili tomonidan xabardor qilinadi.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni grant haqidagi yoʻriqnomadan­­­­­­­­ topishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!