×

Afrika: Ijtimoiy ish mutaxassislari uchun 52 haftalik stajirovka dasturi; bepul turar joy, oziq-ovqat va oylik 500 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

G`arbiy Afrika

O'QILGAN

1960 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti hamda Gʻarbiy Afrikaning Côte d’Ivoire megapolisi – Abidjan shahrida joylashgan International Bilingual Schools of Africa 18 dan 30 yoshgacha ingliz tilini biladigan ijtimoiy ish mutaxassis va oʻqituvchilarni Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchilar 52 haftagacha davomida Gʻarbiy Afrikaning Abidjan shahrida joylashgan International Bilingual Schools of Africada ijtimoiy ish olib borish va dars berish imkoniga ega boʻladilar. Dastur 2019-yil 17-iyundan 2020-yil 20-iyungacha oraliqda boʻlib oʻtadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Design innovative curriculum that engages all learners in meaningful and challenging work that cultivates real-world problem-solving skills and develops social responsibility
  • Deeply connect with students and colleagues to vigorously uphold a culture of welcome, safety and respect.
  • Invoke a robust learning atmosphere.
  • Participate actively in ongoing professional learning.
  • Interns collaborate closely with colleagues.

Grant kimlar uchun?

18-30-yoshli Social Work (ijtimoiy ish) mutaxassislari va oʻqituvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 52 hafta davomida bepul turar joy va oziq-ovqat ajratiladi hamda oylik 500 USD stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar vakillari ariza bera oladi.
  • Nomzod 18 dan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
  • Nomzod Education, Social Work sohalari boʻyicha kamida bakalavr diplomiga ega boʻlishi zarur
  • Nomzod dars berishdan tashqari Adaptability koʻnikmasiga ega boʻlishi shart.
  • Nomzod bolalar bilan ishlay olishi kerak boʻladi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2 – C1 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod viza talablariga javob berishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 30-avgustgacha.
  2. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  3. Hujjat topshirish jarayonini boshlash uchun dastlab AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldirishingi shart.
  4. Account ochish, toʻldirish va ariza berish yoʻriqnomasi: shu yerda. Ariza topshirishni boshlashdan avval ma’lumotni diqqat bilan oʻqib chiqing.
  5. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

Bu grantning ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi:

  • Shaxsiy ma’lumotlar. Skills (koʻnikmalar).
  • Oʻqigan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Experience. Ya’ni, qayerda, qancha vaqt ishlaganingiz haqida ma’lumot.
  • Arizaning 5-bosqichida “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida savol yoki 3-8 daqiqali test berilgan. Savolga javob bering yoki testni ishlang va “Apply”ni bosing.

Muhim:

  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang.
  • Tashkilotch siz bilan suhbat oʻtkazishi mumkin.
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning FUPAdagi vakilidan abidjan.nord@aiesec.net manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning ijtimoiy ish sohasiga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; abidjan.nord@aiesec.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!