×

Vengriya: Qishloq xoʻjaligi muhandisligi sohalari boʻyicha magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

29.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vengriya

O'QILGAN

4350 marta

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va agrosanoat tashkiloti (Food and Agriculture Organization of the Unted Nations) hamda Vengriya hukumati shartnomasi asosida tashkil etilgan FAO-Hungarian Government Scholarship Programme 2024-25 grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur bir qancha rivojlanayotgan davlatlar, shu jumladan, O’zbekiston fuqarolari uchun Vengriya Qishloq xoʻjaligi va hayot haqidagi fanlar universiteti quyidagi magistratura kurslarida oʻqish uchun toʻliq grant taklif etadi:

  • Master in Environmental Engineering – Sopron University, Sopron
  • Master in Crop Production Engineering – Hungarian University of Agriculture and Life Sciences, Szent István Campus, Gödöllő
  • Master in Horticultural Engineering – Hungarian University of Agriculture and Life Sciences, Buda Campus, Budapest

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar 2024-yil sentabr oyidan oʻqishni boshlaydi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

FAO grantini yutib olgan talabaga o’zi tanlagan 2 yillik magistratura kursida o’qish uchun to’liq grant beriladi:

  • Ariza topshirish haqi, butun oʻqish davomida toʻlov-kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
  • Asosiy kitob va oʻquv materiallari xarajatlari qoplanadi.
  • Yotoqxonadan bepul turar joy ajratiladi.
  • Talabaning salomatligi sug’urta qilinadi
  • Yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.

Grant faqat talabaning o’zi uchun ketadigan xarajatlarni qoplaydi. Talaba o’zi bilan oila a’zolarini olib kelgan taqdirda oila a’zolari uchun qo’shimcha mablagʻ ajratilmaydi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod belgilangan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak (bu davlatlar ichida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikison, Turkmaniston, Afgʻoniston davlatlari ham bor).
  • Bakalavrlik diplomiga ega boʻlish yoki ariza topshirish vaqtida bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotgan boʻlish kerak.
  • 30 yoshdan oshmagan nomzodlarga saralash jarayonida ustunlik beriladi.
  • Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilish kerak. Universitetlardagi mazkur magistrlik dasturlariga ariza topshirish uchun IELTS 6.0 yoki shunga teng darajadagi boshqa xalqaro til sertifikati talab etiladi.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • Oʻqishdagi akademik koʻrsatkichlari va yutuqlari
  • Ingliz tilini bilish darajasi
  • Motivatsiya
  • Salomatligi yaxshi ekanligi
  • Yoshi (30 yoshdan kichiklarga ustunlik beriladi)

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2024-yil 29-fevralgacha qabul qilinadi.

Ariza topshirish 2 bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich. Nomzod ariza va kerakli hujjatlarni FAO tashkilotiga yuboradi. FOA ularni tekshirib, Vengriya Qishloq xoʻjaligi vazirligiga joʻnatadi. Vazirlik esa hujjatlarni universitetga taqdim etadi.

Bu bosqichda nomzodlar 2024-yil 29-fevralga qadar quyidagi hujjatlarni mazmuniga ko’ra nomlab (mazmuni boʻyicha nomlanmagan hujjatlar koʻrib chiqilmaydi), PDF yoki JPG formatda REU-Scholarship@fao.org elektron manziliga yuborilishi kerak:

  1. To’ldirilgan ariza (fotosuratingizni ham qo’shishni unutmang).
  2. CV.
  3. Ingliz tiliga rasman tarjima qilingan bakalavr diplomi va diplom ilovasi. Hozirda bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotganlar 11 yillik maktab shahodatnomasi/kollek yoki litsey diplomi va hozirda bakalarviatda oʻqiyotgani haqida universitetdan maʼlumotnoma taqdim etishi lozim.
  4. Ingliz tili testi sertifikati.
  5. Pasport/ID karta nusxasi.
  6. Bitta tavsiyanoma.
  7. Motivatsiya inshosi.
  8. Tibbiy ma’lumotnoma
  9. Sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma. Bu ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazlaridan olinadi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida topshirilishi lozim (asli ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar ingliz tiliga notarial tasdiqlangan holda tarjima qilinishi kerak).

2-bosqich. Birinchi bosqichda saralangan nomzodlardan universitet ingliz tili boʻyicha yozma yoki ogʻzaki imtihon topshirishni soʻrashi mumkin (soʻramasligi ham mumkin). Shuningdek, universitet nomzodlar ichidan eng munosib deb bilganlarni magistlik dasturiga qabul qiladi hamda ana shu qabul qilingan nomzodlarga grant ajratiladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon va ariza topshirish jarayoni haqida batafsil oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan REU-Scholarship@fao.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!