×

Al Qasimi Foundation Faculty Research Grants: BAA’da 2 oylik tadqiqot uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

2957 marta

Al Qasimi Foundation fondi tomonidan tashkil etilgan Faculty Research Grants tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur Rasul-Xayma amirligining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo’shadigan muhim tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Bunda Ph.D. darajasiga ega tadqiqotchilarga Birlashga Arab Amirliklaridagi Rasul-Xayma amirligida 1-2 oy davomida tadqiqot olib borish uchun grant ajratiladi.

Dasturga akademik salohiyati yuqori, tadqiqot tajribasiga ega hamda BAA’da muhim mavzuda tadqiqot olib borish niyatidagi tadqiqotchilar qabul qilinadi. Dasturga saralashda nomzodning ta’lim (tadqiqot) yo’nalishi ham inobatga olinadi. Ta’lim, davlat siyosati yoki shunga aloqador sohalarda tadqiqot olib borayotgan nomzodlarga afzallik beriladi.

Grant kimlar uchun?

Ph.D. darajasiga ega tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Tadqiqotchiga ikki tomonlama aviachipta uchun 8000 AED (2177 AQSh dollari) gacha mablag’ ajratiladi.
  • 2 oygacha turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Har oy 6000 AED (1633 AQSh dollari) stipendiya beriladi.
  • Transport (mashina) ijaraga olish uchun oyiga 2500 AED (680 AQSh dollari) mablag’ beriladi.
  • Tadqiqot xarajatlari uchun 5000 AED (1363 AQSh dollari) ajratiladi.
  • Viza xarajatlari uchun 1000 AED (272 AQSh dollari) ajratiladi.
  • Tadqiqot faoliyati uchun ofis beriladi. Batafsil grant nizomining 6-sahifasida tanishing.

Talablar:

  • Nomzod Ph.D. darajasiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod tadqiqot yoki oliy ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilidan kamida TOEFL IBT 85 yoki IELTS 6,5 sertifikatiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzodning BAA’da olib borishi rejalashtirilayotgan tadqiqot BAA, xususan, Rasul-Xayma amirligining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga aloqador bo’lishi kerak.
  • Tadqiqot mavzusi ta’lim, davlat siyosati va shunga oid mavzuda bo’lishi kerak.
  • Nomzod tanlagan tadqiqot mavzusi o’zi faoliyat yuritayotgan Muassasa ekspert kengashi (Institutional Review Board) tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2021-yil 31-martgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun onlayn ariza topshiriladi. Arizani bu yerda topshirishingiz mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  1. Cover letter/motivatsion xat
  2. CV
  3. BAA’da olib borilishi reja qilingan tadqiqot rejasi (mazmuni va xarajatlar tahlili)
  4. Nomzod ishlaydigan muassasadan ma’lumotnoma.
  5. Nomzodning hamkasbi yoki uni akademik jihatdan yaxshi biladigan shaxs tomonidan yozilgan tavsiyanoma.
  6. Tadqiqot loyihasi nomzod faoliyat yuritayotgan muassasadagi Muassasa ekspert kengashi(Institutional Review Board) tomonidan tasdiqlanganini yoki qanday tasdiqlanishini ko’rsatuvchi hujjat.
  7. TOEFL yoki IELTS sertifikati.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!