×

Aleksandr fon Humbolt fondidan metereologiya mutaxassislari uchun maxsus malaka oshirish grant dasturi


Grant

MUHLAT

01.03.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1172 marta

Bu dastur iqlim muhofazasi va iqlimiy resurslarni  himoya qilish sohalarida ilmiy ish qilmoqchi bo’lgan sanoat va ilm-fan yetakchilariga mo’ljallangan. Dastur davomida nomzodlar Germaniya mutaxassislari bilan hamjihatlikda amalga oshiradigan o’z ilmiy ishlarini tayyorlaydilar. Fond bu loyihani Germaniya Sanoat Federatsiyasi(BDI), Drezden Atrof-muhit menejmenti Xalqaro Aspirantlar markazi(CIPSEM), Germaniya talabalar almashinuvi programmasi(DAAD), DBU, GIZ va RENAC tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Dasturning maqsadi:

Iiqlimga oid global muammolar faqat xalqaro hamjamiyatlar tomonidangina qarshi olinmasligi kerak. Kelajak egalari va rivojlantiruvchilariga Germaniyalik mutaxassislar bilan bilim, metod va  texnikalar almashish imkoniyatini berish orqali dastur bu maqsadni ilgari suradi. Bunda qatnashuvchilarning o’z mamalakatlaridagi tegishli muammolar ham qamrab olinadi. Shu tarzda Germaniyalik hamkasblar bilan uzoq muddatli aloqa va hamkorlik o’rnatish kafolatlanadi.

Grant kimlar uchun?

Rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

To’liq va quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • malaka darajasiga qarab 2150 yevrodan 2650 yevrogacha oylik daromad;
  • Germaniyada yashash davomida individual qo’llab-quvvatlash;
  • Nemis tili kursi, yo’l xarajati yoki birga boruvchi oila a’zolari uchun xarajat kabilarga qo’shimcha moliyaviy yordam;
  • 3 haftalik tanishuv davomida Germaniyadagi boshqa iqlim muhofazasi tashkilotlaridagi hamkasblar bilan bog’lanish, kompaniyalar, ilmiy institutlar va madaniy tadbirlarga tashrif;
  • Germaniyadagi professional karyera mobaynidagi hamkorlar bilan aloqani saqlashga yordam beruvchi  homiylik;

Talablar:

Nomzoddan quyidagilar talab qilinadi:

  • Birinchi universitet darajasi(bakalavr yoki uning ekvivalenti);
  • Dastur boshlangan muddatdan 12 yildan oldin universitetni tamomlagan bo’lmasligi;
  • Kichik lavozimlardagi rahbarlik tajribasi yoki kerakli ma’lumotga asoslangan yetakchilik qobiliyati;
  • Keng ish tajribasi (ariza topshirilgan vaqtgacha kamida 48 oylik yoki shu sohada muvaffaqiyatli yoqlangan doktorlik darajasi);
  • Xalqaro standarddagi jurnallarda e’lon qilingan ilmiy nashrlar(doktoraturani tugatganlar uchun) ;
  • Germaniyadagi guruh tomonidan ma’qullangan taklif;
  • Qatnashuvchining doimiy yashash va ish joyi hisoblangan rivojlanayotgan davlatlardan birining fuqaroligi bo’lishi lozim;
  • Tegishli sertifikatlar bilan tasdiqlangan ingliz/ingliz va nemis tilini bilish ko’nikmasi;
  • Kamida 2 ta mutaxassis tavsiyanomasi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Pochta, kuriyer yoki boshqa yo’llar orqali jo’natilgan hujjatlar hisobga olinmaydi.

Arizalar tuzilgan saylov komiteti tomonidan 2017-yilning 1-iyuligacha ko’rib chiqiladi. So’ng kandidatlar Germaniyada bir necha kun davom etuvchi saralash bosqichiga taklif etiladi. Komitet amaliyotchi doktorlar va akademiklardan tuziladi.

Saralash 2017 yilning 12-15 sentyabr kunlari bo’lib o’tadi va shu vaqt davomida nomzodlar komitetga o’z takliflarini namoyish qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Uchrashuv so’nggida natijalar e’lon qilinadi.

Tanlov mezonlari:

  • Akademik va professional karyera
  • Yetakchilik qobiliyati
  • Ilmiy ishga asoslangan sifatli, original g’oya

Sohalar va universitetlar haqida to’liq ma’lumot SHU YERDA.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!