×

Alfred TRACE Investigative Reporting Fellowship: jurnalistlar AQShda tajriba orttirishlari uchun grant dasturi


Grant

MUHLAT

16.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

933 marta

Alfred Friendly Press Partners muassasasi tomonidan tashkil etilgan Alfred TRACE Investigative Reporting Fellowship dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Alfred Friendly Press Partners TRACE bilan bilan hamkorlikda, “Dunyo bo’ylab jurnalistikani qo’llab-quvvatlash” shiori ostida faoliyat yuritib keladi va jurnalistlarni qo’llab-quvvatlovchi turli dasturlarni tashkil etadi. Investigative Fellowship dasturi rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan jurnalistlar uchun mo’ljallangan. Dasturga qabul qilingan jurnalistlar yangiliklarni yetkazish va vaziyatni o’rganish mahoratlarini oshirish uchun AQShning eng yetakchi tahririyatlariga joylashtiriladilar. Dastur 6 oy davom etadi. Ushbu stajirovka dasturi ilk marta 2019-yilda tashkil etilgan bo’lib, dasturga qabul qilingan ishtirokchi AQShning Wall Street jurnalida faoliyat yuritgan.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan jurnalistning oziq-ovqat, turar joy va yo’l xarajatlari qoplanadi va har kunlik ehtiyojlari uchun stipendiya beriladi.

Talablar:

  • Nomzod 25-35 yoshdagi, jurnalistikada kamida 3 yillik tajribaga ega, ijtimoiy faol shaxs bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi zarur.
  • Nomzod jurnalistika sohasida o’ziga xos mahorat, qobiliyat va shijoatga ega bo’lishi, boshqa nomzodlardan o’zining faolligi va kuchli g’oyalari bilan ajralib turishi zarur.
  • Nomzod arizasi bilan birga o’zi tayyorlagan 4 ta maqola, reportaj, podkast yoki boshqa ish namunalarini jo’natishi kerak. Agar ishlar ingliz tilida bo’lmasa, ingliz tilidagi matn ilova qilinishi zarur.
  • Nomzod o’z yurtida ma’lum gazeta yoki kanalda jurnalist bo’lib ishlashi va dasturda ishtirok etish uchun ish joyidan rozilik olishi kerak. Dastur tamom bo’lgach, nomzod o’z ish joyiga qaytishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu ariza shaklini to’ldirib, 2020-yil 16-sentyabrgacha topshirish kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • Ariza;
  • CV yoki rezyume;
  • Insho (mavzusi ariza shaklida ko’rsatilgan);
  • Tavsiyanoma;
  • Nomzod ishlaydigan tahririyatdan rozilik xati;
  • Fotosurat;
  • Nomzodning jurnalist ekanligini tasdiqlovchi ma’lumot;
  • Pasport nusxasi;
  • Haydovchilik guvohnomasi (agar bor bo’lsa).

Dastur haqida to’liq ma’lumot bilan ariza shakli orqali tanishishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!