×

Allan and Nesta Ferguson Charitable Trust scholarships: Magistraturani Britaniyada o’qish uchun to’liq grant va stipendiya


Grant

MUHLAT

05.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

4927 marta

Buyuk Britaniyaning Sheffield universiteti Allan va Nesta Ferguson jamg’armasi va Sheffield Xalqaro Taraqqiyot instituti bilan o’zaro hamkorlikda rivojlanayotgan mamlakatdan keluvchi xalqaro talabalarning o’qishini qo’llab-quvvatlash, ularga moddiy jihatdan yordam berish maqsadida Allan and Nesta Ferguson Charitable Trust scholarships dasturini tashkil etgan. Bu dasturga ariza topshira olish uchun nomzodlar Sheffild universitetining quyidagi magistrlik yoʻnalishlaridan biriga 2023-2024-oʻquv yilida oʻqishni boshlash uchun qabul qilinishi lozim: 

  • International Development MA
  • Environmental Change and International Development MSc
  • International Development (Masters in Public Health) MPH
  • International Law and Global Justice LLM
  • International Political Economy MA
  • Global Journalism MA
  • International Public and Political Communication MA
  • Intercultural Communication MA

Ushbu grant jami 4 nafar talabaga berilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Oʻqish kontrak to’lovidan toʻliq ozod etiladi.
  • Yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya bilan ta’minlandi.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod roʻyxatda berilgan rivojlanayotgan mamlakatlardan birining fuqarosi bo’lishi kerak. Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston va Tojikiston ushbu roʻyxatda mavjud.
  • 2023-yil 5-mayiga qadar Sheffield universitetining yuqoridagi kurslardan biriga qabul taklifini olishi lozim.
  • Nomzod boshqa tashkilot, korxona va hukumatdan moddiy mablagʻ olmayotgan bo’lishi yoki universitetning boshqa grant dasturlarida ishtirok etmayotgan bo’lishi kerak;
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim. Kamida IELTS 6,5 (har bir bo’limdan kamida 6.0) talab etiladi. Bakalavr bosqichini ingliz tilida o’qiganlar uchun til sertifikati majburiy emas. Til talabi haqida batafsil ma’lumot BU YERDA.
  • 2023-yil sentyabr oyidan Sheffield universitetida kunduzgi (full-time) ta’limda o’qishni boshlashi shart. Dasturni kechiktirishning imkoni yo’q.
  • 2023-yil sentyabrda Buyuk Britaniyaga kelish uchun viza olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.

Dastur talablari haqida batafsil ma’lumot BU YERDA.

Dasturga qabul jarayoni:

Bu grant uchun alohida ariza topshirilmaydi. Yuqoridagi talablarga javob bergan va 2023-yil 5-mayga qadar tegishli kurslarda o’qish uchun qabul xatini olgan talabalar avtomatik tarzda ushbu grant uchun nomzod hisoblanadi. Arizalar 2023-yil 18-maygacha ko’rib chiqiladi va shu kunga qadar faqatgina keyingi bosqichga o’tgan nomzodlar bilan bog’laniladi. Ushbu nomzodlar 2023-yil 31-may chorshanba kunga qadar ulardan so’ralgan hujjatlarni taqdim etishlari kerak.

Magistrlik kurslariga onlayn ariza topshirish BU YERDA. Qabul vaqtlari dasturga qarab har xil. Magistrlik kurslariga ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar:

  • Bakalavr diplomi, ilovasi va uning rasmiy ingliz tiliga tarjimasi. Bitiruvchi kurs talabalari so’nggi yillardagi baholari transkriptini yuklashi mumkin;
  • Akademik tavsiyanoma (1 yoki 2 ta);
  • Til sertifikati (kamida IELTS 6,5);
  • Kamida 300 so’zdan iborat Supporting Statement (motivatsion xat);
  • CV;
  • Ish tajribasini ko’rsatuvchi ma’lumotnoma, portfolio va boshqalar.

Kirish talablari, ariza topshirish jarayoni va muhlati haqida batafsil BU YERDAN bilish olishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: internationalscholarships@sheffield.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!