×

Allard Prize Photography Competition: fotosuratlar tanlovida ishtirok etib, 751 AQSh dollari egasi bo’lish imkoniyati


Grant

MUHLAT

01.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1344 marta

Suratkashlar uchun Allard Prize for International Integrity Photography Competition forosuratlar tanlovi e’lon qilindi. Tanlov havaskor va professional suratkashlar uchun ochiq.

Tanlovga korrupsiyaga qarshi kurashda jasorat va yetakchilik mavzulari aks etgan fotosuratlar qabul qilinadi. Suratlarda shaffoflik, mas’uliyat, qonun ustuvorligi va umuman inson huquqlari va / yoki korrupsiyaga qarshi kurashda yetakchilik va jasurlikni ko’rsatib beruvchi voqealar tasvirlanishi kerak. Shuningdek, tanlovda rivojlangan mamlakatlarda inson huquqlarining poymol etilishi va korrupsiya holatlari ko’rsatib berilgan suratlar bilan ham ishtirok etishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • InTanlovda 6 nafar g’olib aniqlanadi. Har bir g’olibga 1 000 Kanada dollari (751 AQSh dollari) miqdorida pul mukofoti beriladi. G’olib fotosuratlar tanlov tashkilotchisi veb saytida e’lon qilinadi, g’olib suratlar galereyasidan joy oladi va muallifning ismi fotosurat nomi bilan birga e’lon qilinadi.

Talablar:

Tanlov qoidalari:

  • Nomzod 18 yosh yoki undan katta bo’lishi kerak.
  • Tanlovga taqdim etilgan fotosuratning kengligi kamida 1180 piksel, balandligi kamida 740 piksel bo’lishi kerak. Surat imkon qadar yuqori sifatli bo’lishi talab etiladi.
  • Fotosuratning tomonlariga hoshiya va shu kabilar tushirilmasligi zarur.
  • Fotosuratni tushirishda shaxslarga, tabiatga va boshqalarga zarar yetmagan bo’lishi, suratkash suratda ifodalangan holatni tushirish uchun hech kimga hech qanday moliyaviy manfaat keltirmagan bo’lishi kerak.
  • Tanlovga bir ishtirokchi tomonidan 4 tagacha fotosurat taqdim etilishi mumkin. Bunda, tanlovning 1-noyabrgacha qabul mavsumida 4 ta, 1-maygacha qabul mavsumida 4 ta fotosurat nazarda tutilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga yiliga ikki marta qabul bo’ladi. Kuzgi qabul uchun 1-noyabrgacha ariza topshirish mumkin. Bahorgi qabul uchun 2021-yil 1-maygacha ariza yuborish zarur. Arizalar bu yerda yuboriladi.

Tanlov haqida ko’proq ma’lumot olish uchun tanlovning ilgarigi mavsumlarida g’olib bo’lgan fotosuratlar galereyasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Tanlov haqida batafsil ma’lumotni tanlov nizomidan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!