×

American University of Central Asia: bakalavriatda oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya, turar joy, yashash hamda borish-kelish xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

15.01.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

13191 marta

U.S.-Central Asia Education Foundation (U.S.-CAEF) 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab bakalavr bosqichida tahsil olishni xohlovchilar uchun Enterprise Student Fellowship Program grant dasturini taklif etadi. Ushbu grant Oʻzbekiston, Qozogʻizton, Qirgʻiziston va Tojikiston fuqarolari uchun moʻljallangan boʻlib, Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda joylashgan American University of Central Asia (AUCA) universitetining bakalavriat bosqichida tahsil olish uchun beriladi. Mazkur grant biznes boshqaruvi, iqtisodiyot, amaliy matematika va informatika hamda dasturiy taʼminot muhadisligi sohasida bakalavrlik darajasini olish uchun oilaviy iqtisodiy sharoiti sababli oʻqishga mablagʻ ajrata olmaydigan nomzodlarga taqdim etiladi.

Bu universitetdagi darslar toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Ushbu dastur AQSH Davlat departamenti (U.S. Department of State) tomonidan moliyalashtiriladi va Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashlari (American Councils for International Education) tomonidan boshqariladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritgan nomzod quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • Kontrakt pulidan toʻliq ozod qilinadi
  • Oylik stipendiya beriladi
  • Turar joy xarajatlari qoplanadi
  • Bishkekka borish va kelish xarajatlari qoplanadi
  • Har yozda haq toʻlanadigan amaliyot
  • Professional va shaxsiy rivojlanish tadbirlari
  • U.S.-CAEF dasturi bitituvchilari hamjamiyatiga qoʻshilish imkoni

Talablar:

Grantni qoʻlga kiritish uchun nomzod:

  • AUCA universitetining qabul talablariga mos boʻlishi va grant taqdim etilishidan oldin universitetga oʻqishga qabul qilinishi;
  • Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi boʻlishi;
  • Ogʻzaki va yozma ingliz tilisi ravon boʻlishi;
  • Akademik oʻzlshtirishi aʼlo, iqtisodiy jihatdan muhtoj, biznes boshqaruvi, iqtisodiyot, amaliy matematika va informatika hamda dasturiy taʼminot muhadisligi sohasida tadbirkorlik va iqtisodiy rivojlanish borasida kasbiy qobiliyat va yetakchilik potensialiga ega boʻlishi;
  • AUCA universitetining 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab oʻqishni boshlay olishi;
  • Barcha zaruriy immigratsiya hujjatlarini olish imkoniga ega boʻlishi;
  • Oʻqish tugagach, oʻz vataniga qaytish (yoki oʻz vatanida qolish) hamda vatanidagi biznes jamiyati va iqtisodiy oʻsishga oʻz hissasini qoʻshishga ahd qilgan boʻlishi lozim.

Eslatma: Nomzodlar AUCA universitetiga alohida hujjat topshiradi va universitetga qabul qilingan nomzodlargina mazkur grantni qoʻlga kiritishi mumkin. AUCA universitetiga qabul jarayoni va talablari bilan universitet veb-saytida batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastlab onlayn ariza toʻldiriladi. Onlayn arizani SHU YERDA toʻldiring (Application 2024: Part I). Bunda soʻralgan maʼlumotlarni yozishdan tashqari nomzod pasport nusxasi va oʻzining rasmini ham joylashi kerak. Bunda ishlaydigan email ham yozishingiz kerak. Shu yozgan emailngizga boshqa bir ariza shakli, kerakli hujjatlar va boshqa koʻrsatmalar yuboriladi (onlayn arizani topshirganingizdan 20 daqiqa ichida sizga email kelishi kerak). Agar bir soatda ham email kelmasa, emaildagi “Spam” jildini tekshirib koʻring.

Email orqali yuborilgan koʻrsatmalarda kerakli hujjatlarni qayerga va qanday topshirish/yuklash tushuntirilgan boʻladi. Hujjatlarni tayyorlash va topshirishdan oldin yuborilgan qoʻllanmani diqqat bilan oʻqib chiqing. Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 15-yanvar, soat 16:00 gacha topshirilishi lozim.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval ushbu dastur, uning talablari va ariza topshirish jarayoni haqidagi maʼlumotlarni rasmiy veb-saytda batafsil oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan Oʻzbekistondagi Amerika Kengashlariga (American Councils) quyidagi email orqali murojaat qilishingiz mumkin:

Oʻzbekiston: uscaef.uz@americancouncils.org
Qozogʻiston: uscaef@global.americancouncils.org
Qirgʻiziston: uscaef@americancouncils.kg
Tojikiston: uscaef@americancouncils-tj.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!