×

Gollandiya: magistratura uchun 100% grant


Grant

MUHLAT

15.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

2770 marta

Gollandiyada joylashgan Amsterdan Universiteti tomonidan chet ellik talabalarga ajratilgan Amsterdam Mert Scholarships (AMS) grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Ijtimoiy Fanlar fakulteti magistratura kurslari uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan asosiy maqsad Amsterdam Universitetiga o’qisha qabul qilingan, lekin moddiy cheklovlar sababli kontrakt to’lovini to’lay olmaydigan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

2019-yilgi bu yerdagi kurslar uchun AMS grantini yutib olish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

AMS granti miqdori magistratura kursi kontrakt to’lovi miqdoriga teng, lekin grant stipendiya ko’rinishida bir nechta qismga bo’lib beriladi, shuning uchun talaba avvaliga kontrakt to’lovini to’lashi kerak bo’lishi mumkin. Grantni esa stipendiya ko’rinishida qabul qiladi.

kontrakt to’lovi haqida

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod YI va YEZ hududiga kirmaydigan davlt fuqaroligida bo’lishi kerak.
  2. Nomzod Amsterdam Univeriteti Ijtimoiy Fanlar (Graduate School of Social Sciences) fakultetida o’qitiladigan kurslardan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak. Odatda kurs va grantga hujjat topshiriladi, kursga qabul qilingan nomzodlarning eng munosib deb topilganlariga grant belgilanadi.
  3. Nomzod Gollandiyaga viza olish uchun barcha talablarga mos bo’lishi kerak.
  4. Nomzod AMS grantini oladigan muddat uchun boshqa to’liq grant dasturi doirasida moddiy ta’minot olishi mumkin emas. Agar nomzod bir nechta to’liq grant yutsa birortasini tanlashi kerak bo’ladi.
  5. Nomzod a’lo baholarga o’qishi kerak. Grant berilgach, nomzod har yili kamida 80% natija ko’rsatishi kerak bo’ladi.
  6. Magistratura kurslariga talablar kursning yo’nalishiga qarab bir-biridan farq qiladi. Kurs qabul talablari bilan tanishish uchun kurslar ro’yhatidan shu kursni topiib, u haqdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak – qabul va grant uchun kamida TOEFL IBT 100 yoki IELTS 7.0 talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun nomzod avvaliga magistratura kursiga hujjat topshirishi kerak. Magistratura kurslarining o’ziga hujjatlar 2019-yil 26-fevralgacha qabul qilinadi, lekin grantga hujjat topshirish niyatidagilar 15-yanvargacha ham grantga ham kursga ariza berishga ulgurishlari kerak.

Magistratura kursiga hujjat topshirilganda nomzodlarga ariza raqami va ariza fayli raqami beriladi. Grantga hujjat topshirishda shu raqamlarni kiritish kerak bo’ladi. Grantga arizalar 2019-yil 15-yanvarga qadar onlayn ariza ko’rinishida qabul qilinadi. Kursga hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot bu yerda berilgan.

Ma’lumot uchun international-office-csw@uva.nl elekton manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Foydali qo’llanmalar:

Hujjat topshirish jarayoni haqida

Hujjatlar ro’yhati

Kerakli hujjatlarga izohlar

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!