×

Amsterdam: Ekologiya boʻyicha tanlov; umumiy mukofot fondi 49 000 yevrogacha; 16 ta oʻringa sovrin bor!


Grant

MUHLAT

09.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

1921 marta

Niderlandiyaning Amsterdam shahrida joylashgan The Joke Waller-Hunter (JWH) Initiative tashkiloti ekologiya va atrof-muhit muammolari boʻyicha ish olib borayotgan liderlarni JWH initiative tanlovida ishtirok etish uchun taklif etmoqda.

Tanlovga ekologiya, huquq va geosiyosat boʻyicha tahsil olayotgan talabalar yoki shu sohada ishlayotgan 35 yoshgacha mutaxassis liderlarning nomzodlari qoʻyilishi mumkin.

Nomzod loyihasi/hujjatlarini oʻzi taqdim etishga haqli emas, shuning uchun ularni nomzod bilan yaxshi tanish boʻlgan/birga ishlagan shaxs joʻnatadi.

Grant kimlar uchun?

35 yoshgacha boʻlgan ekologiya himoyachilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

  • 7 000 yevrodan 2 ta grant.
  • 5 000 evrodan 4 ta grant.
  • 2 500 evrodan 10 ta grant.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha rivojlanayotgan davlatlardan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Rivojlangan davlatlardan nomzodlar bu tanlovga ariza bera olmaydi.
  3. Nomzodning loyihasini nomzod bilan yaxshi tanish boʻlgan/birga ishlagan shaxs taqdim etadi. Masalan, agar sizning biror tanish/hamkasbingiz ekologik muammolar boʻyicha tashabbus koʻrsatib qandaydir loyiha/gʻoya/harakatni amalga oshirgan/ishlayotgan/muvaffaqiyatga erishgan boʻlsa, siz shu odamning nomzodini tanlovda qatnashishga joʻnatishingiz mumkin.
  4. Nomzod loyihasi/hujjatlarini oʻzi taqdim etishi mumkin emas.
  5. Nomzod 35 yoshgacha boʻlishi kerak.
  6. Nomzodlar ekologiya, huquq va geosiyosat boʻyicha oliygohda tahsil olayotgan talabalar yoki shu sohada ishlayotgan/tashabbus koʻrsatgan/koʻrsatayotgan boʻlishi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Chunki hamma gʻoya/loyihalar ingliz tilida taqdim etiladi.
  8. Tashkilotchi tanlov gʻolibiga nisbatan fikrini hech bir izohlarsiz oʻzgartirishga haqli.

Tanlov boʻyicha toʻliq talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 9-avgustgacha qabul qilinadi. Ariza shaklini: shu yerdan yuklab olib, toʻldirasiz.

Ariza bilan birga quyidagi ma’lumotlarni JWH Initiative koordinatori Daan Robbenning: jwh@bothends.org manziliga joʻnatish lozim:

  1. Toʻldirilgan nomination form.
  2. Nomzodi koʻrsatilayotgan shaxsning CV/resumesi.
  3. Nomzodning yuzi aniq koʻrinadigan qilib yaqin vaqt ichida olingan fotosurati.

Barcha hujjatlar ingliz tilida toʻldirilgan boʻlishi shart. Tanlov boʻyicha savollar tugʻilganda jwh@bothends.org manziliga murojaat qiling.

Nomzodlar tashabbuskorligi, muammoning dolzarbligi, liderlik qobiliyati kabilarga koʻra saralanadi.

Natijalar dedlayndan 6 hafta oʻtib elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Tanlov boʻyicha savollar tugʻilganda: jwh@bothends.org manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!