×

Amsterdam – Silicon Valley Virtual 2021 program: ayollar uchun startap loyihalarni rivojlantirish trening dasturi!


Grant

MUHLAT

21.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1549 marta

Tadbirkor ayollar uchun Amsterdam – Silicon Valley Virtual 2021 program dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur o’z biznesini yaqinda ochgan yoki ochish arafasidagi ayollarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. 

Dasturning maqsadi – tadbirkorlik va texnologiya olamida ayollar soni va o’rnini oshirish. Dastur tashkilotchisi hisoblangan Founder Institute tashkiloti biznes g’oya, loyiha va startaplarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda yordamlashadigan, yuzlab yirik kompaniyalarning yaratilishida ishtirok etgan hamda ularga mijoz va mablag’ to’plashga yordam bergan. Founder Institute ushbu virtual dastur orqali endi ishtirokchi ayollarga o’z bizneslarini yo’lga qo’yish, mablag’ va xaridor topish, kansalting va boshqalarda yordam beradi. 

Dasturda innovatsion startap loyiha g’oyasiga ega ayollar bandlik holatidan qat’i nazar ishtirok etishlari mumkin. Dastur 2021-yil 3-martdan 27-maygacha bo’lgan muddat davomida butunlay onlayn tarzda olib boriladi. 

Dasturda ishtirok etish uchun ishtirokchi haftasiga taxminan 20 soat sarflaydi. Ishtirok etish davomida natija ko’rsatmayotganlar chiqarib yuboriladi. Natijada, barcha ishtirokchilardan taxminan 30% qismi dastur oxirigacha yetib boradi. 

Grant kimlar uchun?

Startap g'oyasiga ega ayollar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • 100 dan ortiq mutaxassis va taniqli tijoratchilar tomonidan murabbiylik.
  • Murabbiylar, maslahatchilar va investorlardan iborat, mahalliy va xalqaro darajadagi yangi tanishlar tarmog’i.
  • Tadbirkor ayolning biznesini yuzlab  yirik kompaniya va investorlarga tanishtirish.
  • Hamkorlik kelishuvlari va foydali resurslar (1,5 million yevrodan ziyod qiymat).
  • Eng yaxshi ishtirokchilar uchun bepul ishtirok etish imkonini beruvchi grantlar.

Dasturda ishtirok etish to’lovi 999 AQSh dollari. Eng yaxshi nomzodlar dasturda tekin ishtirok etadi. 

Talablar:

  • Dasturda innovatsion startap loyihasi yaratish istagidagi ayollar ishtirok etishlari mumkin. 
  • Dastur mashg’ulotlari ingliz tilida bo’ladi. 
  • Dasturga texnologiya va aniq o’lchash imkonini beradigan mahsulotlar bilan shug’ullanuvchi startap loyihalar qabul qilinadi. Agentlik, kansalting kabilar loyihalari qabul qilinmaydi.
  • Tanlovga boshlangan va hali amaliyotda boshlanmagan startap loyihalar bilan ishtirok etish mumkin. 

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga ariza topshirishning so’nggi kuni – 21-fevral. Arizalar bu yerda qabul qilinadi. Dastur haqida batafsil ma’lumot uchun bu yerga bosing.

Murojaat

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!