×

Amsterdam universitetida magistratura uchun grant dasturi


Grant

MUHLAT

01.02.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

1855 marta

Amsterdam universitetining maxsus grant dasturi xalqaro magistratura talabalariga to’liq grant olish imkoniyatini taklif qiladi. Dastlab moliyaviy yordam magistratura dasturining birinchi yiliga berilib, talabaning o’zlashtirishiga qarab, ikkinchi yilga ham cho’zilishi mumkin. Mazkur dastur har yili 15 ta talabaga grant beradi. O’qish 2016-yilning sentabr oyida boshlanadi. Dastur ingliz tilida o’qitiladi.

Mazkur grant uchun Amsterdam universitetining quyidagi yo’nalishlariga (fakultetlariga) ariza topshirish mumkin:

  • Huquqshunoslik maktabi;
  • Iqtisodiyot va biznes;
  • Ilm-fan fakulteti;
  • Ta’lim va bola rivojlanishi maktabi;
  • Kommunikatsiya maktabi;
  • Psixologiya maktabi;
  • Ijtimoiy fanlar maktabi

Grant kimlar uchun?

Bakalavrni bitirganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant bir yil uchun 25000 yevrodan iborat bo’lib, universitet o’qish xarajatlari hamda yashash xarajatlarini qoplaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Yevropa Ittifotiga kirmagan davlat fuqarosi bo’lishi;
  • Amsterdam universitetida ingliz tilida o’qitiladigan magistratura dasturiga qabul qilingan bo’lishi (Amsterdam universitetida magistratura darajasi hamda mazkur grant dasturiga bir vaqtning o’zida ariza to’ldirish mumkin);
  • Amsterdam universitetiga birinchi marta ariza to’ldirayotgan bo’lishi;
  • Amsterdam universitetida to’liq kunduzgi o’qishda o’qishni niyat qilgan bo’lishi kerak;

Kim uchun:

Grant dasturi xalqaro talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, istalgan yo’nalishda bakalavr darajasini kursida eng yuqori 10 foizlik ko’rsatkich bilan bitirgan talabalar ariza topshirishi mumkin. Grant talabalarning akademik yutuqlari, qiziqishlari va o’qish dasturining kelajakda rejalagan karyerasiga mosligiga qarab beriladi.

Grantni yutishning alohida shartlari:

  • Bakalavr darajasini o’z kursida eng yuqori 10 foizlik ko’rsatkich bilan bitirgan bo’lishi;
  • Dekan, o’qituvchi yoki akademik ilmiy rahbaridan tavsiyanoma;
  • Dasturda qatnashishdan va magistratura yo’nalishini tanlashidan maqsadlari ifodalangan qisqa insho (500 so’zdan oshmagan);
  • O’qishdan tashqari faoliyat va tadbirlarda faolligini ko’rsatuvchi guvohnoma va boshqa hujjatlar;
  • Ingliz tilini bilishini isbotlovchi test natijalari: TOEFL iBT 100 ball (har bir bo’limdan kamida 22 ball); IELTSdan (akademik) 7 ball (har bir bo’limdan kamida 7 ball)ga ega bo’lish.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

2016-2017-o’quv yili uchun ariza mavsumi 2015-yilning kuz oylarida ochiladi va ariza to’ldirishning so’nggi muhlati 2016-yil 15-yanvar.  Grant dasturiga ariza to’ldirish uchun  nomzodlar Amsterdam universitetiga o’z yo’nalishlari bo’yicha magistratura dasturiga hujjat topshirishi lozim. Mazkur ariza topshirish jarayonida grant dasturiga ham bir vaqtning o’zida ariza to’ldiriladi. Natijalar 2016-yilning aprel oyida e’lon qilinadi.

Ariza to’ldirish arizachi topshirayotgan har bir yo’nalish bo’yicha alohida bo’lib, to’ldirilgan ariza shakli va boshqa talab qilingan hujjatlar Amsterdam universitetining tegishli fakultet yoki bo’limiga 2016-yil 15-yanvargacha pochta orqali yuborilishi lozim. Har bir yo’nalishning shartlari va manzillari bilan SHU YERGA tanishishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!