×

Amsterdam: Barcha xarajatlar qoplanadigan Yoshlar forumi; yutuq – 10 000 yevro hamda xorijiy universitetlarga bepul o‘qish va stajirovka!


Grant

MUHLAT

01.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

4293 marta

Niderlandiyaning Youth Time International Movement kompaniyasi Amsterdam shahrida o‘tkaziladigan Youth Global Forum 2019 forumida qatnashishga taklif etadi. Forumning bu yilgi mavzusi: “Inclusive Development vs Industry 5.0: Where is the future?” Ushbu forum o‘z loyihalarini ishlab chiqish va boshlash istagida bo‘lgan magistratura, doktorantura talabalari, ijtimoiy soha mutaxassislari, start-upchilar va yangi ish boshlaganlar uchun ochiq.

Forum 2019-yil 2-6-dekabr kunlari Amsterdamda bo‘lib o‘tadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura, doktorantura talabalari, ijtimoiy soha mutaxassislari, startupchilar va yangi ish boshlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Forumda loyiha bilan qatnashish 200 yevro, oddiy tomoshabin sifatida qatnashish esa 300 yevro.

Forumda g‘olib bo‘lgan eng yaxshi, eng istiqbolli loyiha mualliflariga:

  • Loyihani amalga oshirish uchun 10 000 yevrogacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
  • 2 ta loyiha muallifiga Zagreb School of Business (Croatia) va IPMI International Business School (Indonesia)dan birida to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyati beriladi.
  • Loyiha egalariga International Youth Society Of Eco Friendly Renewable Technology (India)da stajirovka o‘tash imkoniyati yaratiladi.

Forumda qatnashishga stipendiya yutib olgan nomzodlarning esa forum dasturi davomida Amsterdamda yashash, ovqatlanish va safar xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza berishi mumkin.
  2. Nomzod taqdim etgan loyiha forum yo‘nalishiga mos kelishi kerak.
  3. Forumda 20 dan 35 gacha yoshdagi nomzodlar qatnasha oladi.
  4. Forumda magistratura, doktorantura talabalari, ijtimoiy soha mutaxassislari, start-upchilar va yangi ish boshlaganlar ishtirok eta oladi.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Forumga oid talab va cheklovlar bilan batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Forumda qatnashish uchun ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Nomzodlarning arizalari 2019-yil 1-iyunga qadar qabul qilinadi. Ariza to‘ldirilayotganda tizimga shaxsiy ma’lumotlar, loyiha ga oid ma’lumotlar hamda loyiha taqdimoti yuklanadi.

Stipendiyaga ariza topshirish. Stipendiya olish uchun 1500 ta so‘zdan iborat esse yozib topshirish kerak bo‘ladi. Esseda quyidagilarga javob beriladi:

  • What is a key social issue that is affecting your local community? (Siz mansub bo‘lgan mahalliy jamiyatning ijtimoiy muammosi nima?)
  • How is this affecting the people in your local community? (Bu muammo odamlarga qanday ta’sir qiladi?)
  • In your own words, describe a plan to solve this issue. Think about the points below as you explain your solution to the issue (Shu muammoni qanday yechish mumkinligi haqidagi rejangizni o‘z so‘zlaringiz bilan ifoda eting):
  1. Who needs to be involved & how (Local governments, institutions, businesses etc.). Give some examples on who and how a person and/or organisation can have a positive involvement (kim va qanday ishtirok etadi);
  2. What changes need to be made (both on a personal and institutional level) from the current setup (nimani o‘zgartirish kerak?);
  3. Think outside the box, as well as inside. Whilst a lot of social issues are complicated and require a seemingly endless amount of effort and planning, some only require a simple yet clear and focused campaign to reach a solution (muammo bo‘yicha ichki va tashqi taraflama fikr yuriting);
  4. By attending the Youth Global Forum, do you think it will help you in solving your identified social issue? If so, how? (Forumdagi shtirokingiz bu muammoni yechishga qanday ta’sir ko‘rsatadi?)
  5. Try and relate your solution to the events theme, “Industry 5.0 vs Inclusive Development” (Qaroringizni forum mavzusi bilan bog‘lashga harakat qilib ko‘ring).

Hujjat topshirish va talablar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Nomzodlar noodatiy va kreativ g‘oya, innovatsiya, ijtimoiy ahamiyatlilik kabilarga asosan saralanadi.

Natijalar dedlayndan keyin te fursatda ma’lum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: globalforum@youth-time.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!