×

Andrei Stenin International Photo Contest: fotomuxbirlar uchun fotosuratlar tanlovida ishtirok eting va 9447 AQSh dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

28.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

726 marta

Yangi fotomuxbirlarni kashf etish maqsadida Rossiya Federatsiyasi tomonidan o’tkazib kelinadigan fotosuratlar tanlovi – The Andrei Stenin International Photo Contest‘ga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovga 18-33 yoshdagi fotomuxbirlar tomonidan tushirilgan fotosuratlar qabul qilinadi. 

Tanlovga 2020-yilda 75 dan ziyod davlatdan 5000 ga yaqin arizalar kelib tushgan. 2020-yilgi tanlov g’oliblari tomonidan tushirilgan suratlar galereyasi bilan bu yerda tanishing.

Tanlovda g’olib chiqqan fotosuratlar 2014-yildan buyon Moskva, Keyptaun, Budapesht, Madrid, Nyu-Dehli, San-Donato-Milan, Nyu-York, Anqara, Buenos-Ayres va boshqa shaharlarda namoyish qilingan. Tanlovga arizalar ertaga, 22-dekabr kuni ochiladi.

Tanlovga quyidagi 4ta kategoriya uchun surat yuborish mumkin:

Top News. Insonlar va millatlar hayotidagi muhim voqealar: yirik siyosiy va ijtimoiy voqealar, tabiiy ofatlar yoki urush joylaridan hisobotlar, odamlar hayotidagi hal qiluvchi daqiqalar kabilar aks etgan suratlar uchun.

Sports. Sportdagi lahzalar: sportchilarning g’alabalari va keskin yo’qotishlar, kundalik sport mashg’ulotlari, sport musobaqalarining go’zalligi kabilar aks etgan suratlar uchun.

My planet. Butun dunyo bo’ylab mavzular va rasmlarning rang-barang palitrasini aks ettiruvchi suratlar uchun. Muallifning vazifasi – kundalik hayotdagi sahnalarni birlashtirib, ularning go’zalligi va uyg’unligida kundalik hayotni tasvirlab ko’rsatish. Bunda yirik va kichik shaharlar hayoti, tabiat, etnografik va diniy bayramlar va boshqalar suratga olinishi mumkin.

Portraits. A hero of our time. Individual yoki guruh bo’lib suratga tushgan insonlar portretlari uchun. Bunda surat qahramonlarning ichki dunyosi, aqliy fazilatlari,  xarakteri va qiyofasining o’ziga xosligi ochib berilishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Fotomuxbirlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Asosiy sovrin – 700 000 rubl (9447 AQSh dollari)
  • Har bir kategoriya bo’yicha 1-o’rin egalarining har biriga – 125 000 rubldan (1686 AQSh dollaridan), ikkinchi o’rin uchun 100 000 rubldan(1348 AQSh dollari), uchinchi o’rin uchun 75 000 rubldan (1011 AQSh dollari) pul mukofoti.

Talablar:

  • Tanlovda 18-33 yoshli fotomuxbirlar ishtirok etishlari mumkin.
  • Tanlovga bitta ishtirokchi 1 ta yakka surat yoki 12 ta suratdan iborat to’plam topshirishi mumkin.
  • Tanlovgatopshiriladigan suratlarga mayda o’zgartirishlar kiritish mumkin, ammo suratni asl nusxasidan sezilarli o’zgartiruvchi o’zgarishlar qilish mumkin emas.
  • Topshirilgansurat JPG formatida, uzun tomoni kamida 2200 va ko’pi bilan 5700 pikseldan iborat bo’lishi zarur.
  • Suratlarhajmi 20 MBdan oshmasligi lozim. Suratning EXIF ma’lumotlari ham jo’natilishi kerak.
  • Tanlovgaa faqat 2020-yil 1-yanvardan keyin tushirilgan suratlar qabul qilinadi. Barcha qoidalar

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 2021-yil 28-fevralgacha ariza topshirish kerak. Onlayn ariza 22-dekabr kuni bu yerda ochiladi.

Tanlov uchun taqdim etilayotgan suratni to’g’ri nomlashga e’tibor bering: 01_Smith_James_The_Spring_2011 (surat tartib raqami_familiya_ism_surat nomi) ko’rinishida nomlangan suratlar tanlovga qabul qilinadi. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!