×

Anglia Ruskin University: Barcha bosqichlar uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

30.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1320 marta

Angliyaning sharqiy hududidagi Kembrij shahrida joylashgan Anglia Ruskin University (ARU) 2020-yil yanvarda boshlanadigan kurslar uchun International Merit Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning Cambridge yoki Chelmsford kampuslarida oʻqitiladigan bakalavriat, magistratura (postgraduate taught) yoki magistratura/MRes (postgraduate research programme) kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant 1 yildan 3 yilgacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

ARUda kontrakt toʻlovi tanlangan bosqich va kursga qarab farq qiladi. Toʻliq ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodlarga 1-3 yilgacha kontraktdan quyidagicha chegirmalar qilib beriladi:

  • 1 yil muddatga BBB yoki ekvivalent natija bilan oʻqishga kirgan bakalavriat talabalariga 2 000 funt-sterling;
  • 1 yil muddatga CCC yoki ekvivalent natija bilan oʻqishga kirgan bakalavriat talabalariga 1 000 funt-sterling;
  • 1 yil muddatga 2:1 yoki ekvivalent natija bilan oʻqishga kirgan magistratura (postgraduate taught degree) talabalariga 2 000 funt-sterling;
  • 1 yil muddatga 2:2 yoki ekvivalent natija bilan oʻqishga kirgan magistratura (postgraduate taught degree) talabalariga 1 000 funt-sterling;
  • 3 yilgacha Distinction in a UK Masters yoki ekvivalent bilan oʻqishga kirgan magistratura/MRes (postgraduate research programme) talabalariga 2 000 funt-sterling;
  • 3 yilgacha Merit in a UK Masters degree yoki ekvivalent bilan oʻqishga kirgan magistratura/MRes (postgraduate research programme) talabalariga 1 000 funt-sterling.

Stipendiya dasturi oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2020-yil yanvardan universitetning Cambridge yoki Chelmsford kampuslarida oʻqitiladigan bakalavriat, magistratura (postgraduate taught) yoki magistratura/MRes (postgraduate research programme) kurslaridan biriga oʻqishga kirishi zarur.
  3. Nomzod attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomini topshiradi.
  4. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  5. Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Bakalavriat uchun IELTS kamida 6,0 ball (har bir boʻlimdan 5,5 ball)/TOEFL kamida 80 ball, magistratura uchun IELTS 6,5 ball (har bir boʻlimdan 5,5 ball)/TOEFL kamida 88 ball yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  7. Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.
  8. PG Dip Legal Practice Course kursida oʻqiydigan talabalar bu grantga ariza bera oladi.

Barcha talablar haqida: shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning Cambridge yoki Chelmsford kampuslarida oʻqitiladigan bakalavriat, magistratura (postgraduate taught) yoki magistratura/MRes (postgraduate research programme) kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Hujjat topshirish yilda 2 marta amalga oshiriladi. Ayni vaqtda 2020-yil yanvar oyida boshlanadigan kurslarga ariza berish mumkin. Oʻqishga kirish va grant uchun hujjat topshirish muddati 2019-yil 30-noyabrgacha. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi, oʻqishga topshirilgan hujjatlarning oʻzi kifoya.

Oʻqishga ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avvalo How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  2. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  3. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan.
  4. Shu yerda ariza topshiring.
  5. Doimiy ravishda elektron pochtangizni tekshirib boring.
  6. Oʻqishga qabul natijasini oling.
  7. Viza olish uchun ariza bering.

Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey/International Baccalaureate/bakalavr diplomi va ilovasi.
  • Ingliz tili sertifikati. Bakalavriat uchun IELTS kamida 6,0 ball (har bir boʻlimdan 5,5 ball)/TOEFL kamida 80 ball, magistratura uchun IELTS 6,5 ball (har bir boʻlimdan 5,5 ball)/TOEFL kamida 88 ball yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • CV/resume.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • Tanlangan kursga qarab ACT/SAT/GRE/GMAT/LSAT kabi qoʻshimcha hujjarlar soʻralishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursat ichida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta: international@anglia.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!