×

Anglia Ruskin University: MBA bosqichi uchun 4 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

30.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1024 marta

Angliyaning sharqiy hududidagi Kembrij shahrida joylashgan Anglia Ruskin University (ARU) navbatdagi MBA Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning 2020-yil yanvardan boshlab Cambridge kampusining Faculty of Business and Lawda oʻqitiladigan Master of Business Administration (MBA) kursiga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir-ikki yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

MBA bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

ARU Master of Business Administration (MBA) kursining kontrakt toʻlovi 2019-2020-yil uchun 15 700 funt-sterling.

Grant yutib olgan nomzodga bir yilga kontraktdan 4 000 funt-sterling, ikki yillik kurslar uchun esa har yili 2 000 funt-sterlingdan jami 4 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Stipendiya dasturi oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2020-yil yanvardan Cambridge kampusining Faculty of Business and Lawda oʻqitiladigan Master of Business Administration (MBA) kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.
  4. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. MBA uchun IELTS 6,5 ball (har bir boʻlimdan 5,5 ball)/TOEFL kamida 88 ball yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  6. Universitetning boshqa grantiga ariza topshirgan nomzodlar bu grantga hujjat bera olmaydi.
  7. Nomzod bakalavr diplomini topshiradi. Baholar kamida 2:2 boʻlishi lozim.
  8. Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning Cambridge kampusining Faculty of Business and Lawda oʻqitiladigan Master of Business Administration (MBA) kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod shu kursga ariza berishi kerak. Hujjat topshirish yilda 2 marta amalga oshiriladi. Ayni vaqtda 2020-yil yanvar oyida boshlanadigan kurslarga ariza berish mumkin. Oʻqishga kirish va grant uchun hujjat topshirish muddati 2019-yil 30-noyabrgacha. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqishga ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avvalo How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  2. Master of Business Administration (MBA) kursini tanlang.
  3. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan.
  4. Shu yerda ariza topshiring.
  5. Doimiy ravishda elektron pochtangizni tekshirib boring.
  6. Oʻqishga qabul natijasini oling.
  7. Viza olish uchun ariza bering.

Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr diplomi va ilovasi. Baholar kamida 2:2 boʻlishi lozim.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6,5 ball (har bir boʻlimdan 5,5 ball)/TOEFL kamida 88 ball yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • CV/resume.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • ACT/SAT/GRE/GMAT/LSAT kabi qoʻshimcha hujjarlar soʻralishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursat ichida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta: international@anglia.ac.uk; answers@anglia.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!