×

Anglia Ruskin University: PhD bosqichi uchun 15 009 funt-sterling grant!


Grant

MUHLAT

01.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1114 marta

Angliyaning Anglia Ruskin University 2020-yilning sentyabridan boshlanadigan doktorantura kurslari uchun The Vice Chancellorʻs PhD Studentships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant PhD kurslarida oʻqishni xohlovchilar uchun uch yarim yilga beriladi.

The Vice Chancellorʻs PhD Studentships dasturiga ariza berayotgan nomzod quyidagi mutaxassisliklardan birini tanlashi kerak:

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Anglia Ruskin University doktorantura kursida oʻqish toʻlovi yiliga 12 600 funt-sterling. Kontrakt toʻlovlari haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Grant hajmi UK Research and Innovation (UKRI) levelga qarab oʻzgaradi Grant yutib olgan nomzodga uch yarim yilgacha oʻqish toʻlovi uchun har yilga taxminan 15 009 funt-sterling beriladi. Shuningdek, oʻqish davomida talabaning ishlashini hisobga olib, stipendiya miqdori oshiriladi (2019-20 yillar uchun UKRI level 15 009 funt-sterling).

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bgʻlishi kerak:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  4. Nomzod bakalavr va/yoki magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar qabuli hozir yopiq. Qabul 2020-yil yanvarda boshlanadi va taxminan 1-3-martgacha qabul qilinadi. Grant olish uchun yuqorida koʻrsatilgan dasturlardan biriga onlayn tarzda ariza berish kerak. Yuqorida koʻrsatilgan mutaxassisliklar roʻyxatidagi har bir dastur veb-sahifasi oxirida ariza uchun link berilgan. Shu linkdan foydalanasiz.

Hujjat topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Roʻyxatdan kerakli dastur tanlanadi.
  2. Dastur sahifasida oʻquv fanlari, dasturlari, toʻlovlar va kerakli hujjatlar haqida maʼlumot berilgan.
  3. Sahifa oxiridagi “Apply online” yozuvini bosib, ariza toʻldirish kerak.

Oʻqishga qabul va grant uchun hujjatlar tarkibi:

  1. Magistr yoki bakalavr diplomi, diplom ilovasi.
  2. Shaxsiy ariza.
  3. Pasport va viza (zarur boʻlsa).
  4. Ingliz tili sertifikati (IELTS 6.5 va/yoki undan yuqori).
  5. CV/resume.

Barcha hujjatlar ingliz tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlatib topshiriladi.

Nomzodlarni saralash ularning akademik yutuqlari, sohaga tegishli tajriba va bilimlari, tadqiqotchilik hamda ilmiy salohiyati, kelajakdagi rejalariga koʻra amalga oshiriladi.

Nomzodlar 2020-yil aprel-may oylarida suhbatga chaqiriladi. Natijalar suhbatdan keyin eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun: vcphdstu@anglia.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!