×

Angliya Aston University: Magistratura uchun 7 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

21.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1309 marta

Angliyaning Birmingem shahrida joylashgan Aston University Vice Chancellors International Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetning postgraduate taught Masters – magistratura kurslariga sentabrdan qabul qilingan a’lochi talabalarga beriladi. Grant bir marta berilishi moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Aston University postgraduate taught/magistratura kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba bir yilga taxminan 18 450 funt-sterling kontrakt toʻlaydi. Kontrakt narxlari tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Batafsil ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan talabaga o‘qishning birinchi yili uchun kontraktdan 7 000 funt sterling chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod univeristetning postgraduate taught Masters – magistratura kurslariga sentabrdan o‘qishga qabul uchun taklifnomani qo‘lga kiritgan bo‘lishi zarur.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,0 (har bir bo‘limdan kamida 5,5) ball talab qilinadi.
  4. Nomzod a’lochi bo‘lishi kerak. Grant uchun baholar GCE A/AAB yoki shunga ekvivalent boʻlishi lozim.
  5. Nomzod sohaga tegishli bakalavr diplomiga ega bo‘lishi lozim.
  6. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga to‘liq javob berishi kerak.
  7. Nomzod o‘z xarajatlarini o‘zi qoplaydigan chet ellik talaba statusida bo‘lishi lozim.

Grantga tegishli barcha talablar haqida: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant univeristetning bakalavriat va postgraduate taught Masters – magistratura kurslarida o‘qish uchun beriladi. Ammo hozir bakalavriat uchun grantga dedlayn o‘tib ketgan. Ayni vaqtda bu grantga faqat magistraturada o‘qimoqchi bo‘lgan nomzodlar ariza bera oladi. Buning uchun nomzod avval o‘qishga kirishga ariza berishi lozim. O‘qishga hujjat topshirish dedlayni farq qilishi mumkin. Dedlayn sanalarini tanlagan kursingiz sahifasidan tekshirib oling.

Grantga hujjat topshirish uchun dedlayn: 2019-yilning 21-iyunga qadar.

Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Universitet rasmiy qidiruv sahifasidan kerakli kursni toping.
  2. Tanlangan kurs sahifasida barcha talablar va hujjatlar tarkibi berilgan. Ularni batafsil o‘qib chiqing.
  3. Kurs sahifasidagi Apply and more info yozuvini bosib, ariza to‘ldiring.
  4. Arizaga kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo‘nating.

Grantga hujjat topshirish uchun ariza shakli onlayn tarzda to‘ldirilib, dedlaynga qadar jo‘natish lozim.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Diplom va diplom ilovasi. Grant uchun baholar a’lo, ya’ni A/AAB yoki 2:1/2:2 yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,0 (har bir bo‘limdan 5,5) boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha GMAT/ACT/SAT/LSAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Barcha qo‘shimcha ma’lumotlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Garnt bo‘yicha batafsil: shu yerda tanishing.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, salohiyati, kelajakdagi rejalari, moliyaviy ko‘makka muhtojligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar 2019-yil 18-iyulda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Elektron pochta: pgadmissions@aston.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!