Angliyaning Nyukasl-apon-Tayn shahrida joylashgan Newcastle University 2019-yilning kuz faslida boshlanadigan kurslar uchun Vice-Chancellor’s Global Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetda o`qitiladigan bakalavriat kurslariga oʻqishga kirgan 1-kurs talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir marta beriladi. Grant talabaning a’lo baholari va o`zlashtirish ko`rsatkichlarini hisobga oladi. Grant 5 nafar talabaga beriladi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Chet ellik talaba Newcastle University bakalavr yoʻnalishlarida o`qish uchun 2019-2020-oʻquv yiliga taxminan 17,175 funt-sterlingni kontrakt toʻlaydi. Tanlangan kursga qarab to`lov farq qiladi. Batafsil ma’lumotlar tanlangan kurs sahifasida berilgan.
Grant yutib olgan nomzodlarga bir marta kontrakt pulini qisman qoplash uchun 4 000 funt-sterling mablag` beriladi. Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Aljir, Misr, Hindiston, Indoneziya, Iordaniya, Keniya, Lebanon, Malayziya, Mavritaniya, Marokash, Tailand, Turkiya, AQSh va Vetnamlik talabalar ariza bera olmaydi.
- O`zbekistonlik nomzodlar ariza bera oladi.
- Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Grant uchun A yoki AAB daraja so`raladi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Keyin esa grantga alohida ariza beriladi. Dedlayn 2019-yil 28-iyungacha.
Kursga hujjat topshirish uchun barcha ma’lumotlar: shu yerda berilgan. Guidline bo`yicha o`qishga ariza bering.
Grantga ariza berish. Grantga onlayn tarzda ariza beriladi. Arizani to`ldirib, dedlaynga qadar jo`natish kerak.
Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):
- Ariza.
- Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi. Baholar A yoki AAB bo1lishi lozin.
- Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
- Tanlangan sohaga qarab qo`shimcha GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.
- Pasport nusxasi.
- Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
- Esse yoki motivatsion xat so`ralishi mumkin.
Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini batafsil oʻrganib chiqing.
Nomzodlar grantga a’lo baholari, yuqori o`zlashtirish ko`rsatkichi, ijtimoiy faolligi, o`qishga ishtiyoqi va yozgan arizasining sifati kabilarga asosida saralanadilar.
Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.
Maʻlumot uchun: scholarship.applications@newcastle.ac.uk