×

AQSh Bakalavr bosqichi uchun 4000 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

31.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1530 marta

AQShning Ogayo shtatidagi Kent shahrida joylashgan Kent State University 2019-2020-oʻquv yiliga Global Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant universitetda o`qitiladigan bakalavr bosqichlarining 1-kursida oʻqishni xohlagan bilimli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil qilingan. Grant to`rt yilgacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

KSU bakalavriat kurslarida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 19 400 AQSh dollar.

Grant yutib olgan nomzodga oqish muddati tugaguncha har yilga 4000 AQSh dollar mablagʻ beriladi. Grantni keying yilga uzaytirish uchun talabadan a’lo bahoga o`qish talab qilinadi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontrakt pulining qolgan qismi va yashash xarajatlarini nomzodning o`zi to`laydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat dasturlaridan biriga ariza topshirgan va 1-kursga o`qishga kirishi kerak.
  3. Rezident talabalar bu grantga ariza bera olmaydi.
  4. Universitetda o`qiyotgan talabalar grantga hujjat topshira olmaydi.
  5. Nomzod universitetning Kent kampusida o`qishi kerak.
  6. Nomzod a’lochi boʻlishi lozim.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  8. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  9. AQShda oʻqish uchun nomzodning moliyaviy ahvoli yetarli boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

O`qish va grantga arizalar 2019-yil 1-iyunga qadar (2019-yil kuzgi semestr), 1-oktabrgacha (2020-yil bahorgi semestr) qabul qilinadi. Grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Yuqoridagi talablarga to`g`ri keladigan barcha nomzodlar grantga talabgor sifatida ko`rib chiqiladi. Grant olishni istagan talabalar o`qishga arizani ertaroq topshirishlari kerak.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Avvalo universitet qidiruv sahifasidan kerakli dasturni tanlash lozim.
  2. Kurs sahifasida oʻquv fanlari, dasturlari, toʻlovlar va kerakli hujjatlar haqida maʼlumot berilgan.
  3. Shu yerda onlayn tarzda ariza toʻldirish kerak. Ariza topshirishga 70 funt-sterling badal to`lanadi. Arizaga kerakli hijjatlar ilova qilib, jo`natiladi.

Oʻqishga qabul uchun taxminiy hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Pasport nusxasi.
  3. Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasining ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi
  4. Ingliz tili sertifikati (Odatda IELTS 6.5-7.0 va/yoki undan yuqori).
  5. Bank statement. Chunki talaba yashash xarajatlari va kontraktning qolgan qismini to`lashga qurbi yetishi kerak.
  6. Moliyaviy ahvol haqida ma’lumotnoma.
  7. Tavsiyanoma (agar soʻralsa).
  8. Rezyume (agar soʻralsa).

Oʻqishga hujjat topshirish haqida batafsil maʼlumot: shu yerda berilgan.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, yuqori akademik oʻzlashtirishi, sohaga tegishli bilimlari, salohiyati va kelajakdagi rejalariga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun:intladm@kent.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!