Angliyaning London shahrida joylashgan University College London – London’s Global University 2019-2020-oʻquv yili uchun The Denys Holland Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant professor Denis Holland sharafiga tashkil etilgan. Grant universitetning bakalavr kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant uch yilga beriladi. Grant talabaning moliyaviy ahvoli, a’lo baholari, universitet va Talabalar Kengashi tadbirlashida faol qatnashish istagini inobatga oladi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
University College London – London’s Global Universityning bakalavr yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2019-oʻquv yili uchun taxminan 18,430 dan 34,660 funt-sterlinggacha.
Grant yutib olgan nomzodlarga 3 yil muddatga kontrakt pulini qisman qoplash uchun 9 000 funt-sterling mablag` beriladi. Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
- Nomzod UCLning bakalavr kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
- Nomzod UCL talabasining ishlab turgan raqamiga ega bo`lishi kerak.
- Nomzod UCL talabasining shaxsiy ID raqamiga ega bo`lishi kerak. UCASning registratsiya raqami qabul qilinmaydi.
- Nomzod moliyaviy yordamga muhtoj bo`lishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
- Nomzod universitet ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishni istashi va bunga hissa qo`shishga tayyorligini ko`rsata olishi kerak.
- Nomzod 25 yoshgacha bo`lishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Keyin esa grantga alohida ariza beriladi.
Kursga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
- Dastlab “https://www.ucl.ac.uk/prospective-students/undergraduate/application/how-apply” sahifasidan Guide for international applicantsni tanlaymiz.
- Ochilgan sahifadan “Application and entry requirements” boʻlimida chet ellik talabgorlar uchun maʼlumot berilgan. Toʻliq oʻqib chiqamiz.
- “English language requirements” boʻlimini tanlaymiz. U yerda oʻqishga kirish -uchun inliz tilini bilish darajasi talablari koʻrsatilgan.
- “Support and help” bo`limiga kirib, “International students” ni tanlaymiz. Sahifadagi “Select Your Country” bo`limida talabgorning qaysi davlat vakili ekanligiga qarab kirish talablari berilgan. Royxatdan “Uzbekistan” ni tanlaymiz va ma’lumotni o`rganib chiqamiz.
- “Application and entry requirements”” yozuvini tanlaymiz va UCAS tizimiga kirib registratsiyadan oʻtamiz.
- Roʻyxatdan oʻtib boʻlgach, ariza toʻldiramiz.
- Talablar boʻyicha soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnatamiz.
- Hujjatlarning tarkibi yoki topshirish jarayono bo`yicha savol tug`ilganda international@ucl.ac.uk manzili orqali tekshirib oling.
Grantga ariza berish. Grantga ariza shaklini yuklab olamiz. Arizani to`ldirib, so`ralgan hujjatlar bilan birga studentfunding@ucl.ac.uk pochtasiga 2019-yil 5-iyulgacha jo`natish kerak. Arizada nomzod darsdan tashqari vaqtini qanday tadbirlar bilan o`tkazishi, kontrakt to`lash uchun moliyaviy ahvoli va moliyalashtirish manbalari haqida batafsil ma’lumot berishi kerak. Ariza topshirishdan oldin Guidance Notes bilan to`liq tanishib chiqish lozim.
Kerakli hujjatlar tarkibi:
- Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi. Talabga ko`ra baholar kamida 86% ijobiy bo`lishi kerak.
- Ingliz tili testi (IELTS 6.5 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
- Tanlangan sohaga qarab qo`shimcha GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.
- Pasport nusxasi.
- Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma soʻralishi mumkin.
- Esse yoki motivatsion xat so`ralishi mumkin.
Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini batafsil oʻrganib chiqing.
Nomzodlar grantga ijtimoiy faolligi, moliyaviy yordamga muhtojligi, aʼlo baholari, universitet hayoti va Talabalar Kengashi tadbirlarida ishtirok etish hamda tashkiliy ishlarda yordam berishga tayyorligiga asosida saralanadilar.
Natijalar 2019-yil 13-sentabrgacha xabar qilinadi.
Maʻlumot uchun:
Elektron pochta: international@ucl.ac.uk