×

Angliya: Bakalavr bosqichi uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1502 marta

Buyuk Britaniyaning Brighton shahrida joylashgan University of Brihghton oliygohi bakalavr bosqichi uchun 2019-yilgi kurslarga qabul qilingan/qilinadigan talabalarni Merit scholarships grant dasturiga hujjat topshirishga taklif etadi. Ushbu grant talaba xarajatlarini qisman qoplash uchun moʻljallangan. Dasturga chet ellik iqtidorli, a’lochi talabalar ariza topshirishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabaga 1-2 oʻquv yili mobaynida 1 000 funt sterling miqdoridagi mukofot beriladi. Grantlar faqat birinchi va ikkinchi oʻquv yili uchun beriladi.

Universitetda tahsil olish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan bu yerda tanishing.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Buyuk Britaniya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  2. Nomzod University of Brihghton oliygohining bakalavr bosqichiga kunduzgi tartibda (full time) oʻqishga qabul qilingan boʻlishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzodning akademik koʻrsatkichlari (baholari) yaxshi boʻlishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  5. Nomzod oliygohda oʻqishni 1 yoki 2-kursida oʻqiyotgan boʻlishi zarur.
  6. Nomzod toʻlovlarning qolgan qismini oʻzi toʻlay olishi zarur.
  7. Grantlar boshqa toʻliq stipendiya beradigan dastur goʻliblariga berilmaydi.
  8. Grantlar faqat birinchi va ikkinchi oʻquv yili uchun ajratiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Merit scholarships grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo University of Brighton oliygohining bakalavr kursiga qabul qilingan boʻlishi zarur. Oliygohga qabul qilingan talaba unga berilgan mahsus talabalik raqami yoki UCAS roʻyxatdan oʻtish raqamini internationalscholarships@brighton.ac.uk manziliga yuboradi. Email qabul qilingach, talabaga grant ma’muriyati tomonidan ariza shakli va kerakli hujjatlar roʻyxati joʻnatiladi. Ariza va barcha talab qilingan hujjatlar 2019-yil 30-iyungacha taqdim etilishi lozim.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlarning tahminiy roʻyxati:

  1. Ariza (tanlangan yoʻnalishga qarab turlicha boʻlishi mumkin).
  2. Oʻrta maktab shahodatnomasi, litsey/kollej diplomi.
  3. Baholar/diplom ilovasi
  4. Til sertifikati. IELTS 6.0 ball va undan baland, har bir boʻlimdan kamida 5 ball.
  5. Tavsiyanoma.
  6. Shaxsiy bayonot (Personal Statemant)
  7. Tanlangan yoʻnalishga qarab qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Natijalar hujjat qabul qilinganidan 2-4 hafta oʻtgach e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: Batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Tel: 01273 644644

Fax: 01273 600900

Email: bursaries@brighton.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!