×

Oksford universiteti: Bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant, yashash xarajatlariga stipendiya va aviachipta beriladi!


Grant

MUHLAT

15.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

12297 marta

Angliyaning Oxford University navbatdagi Reach Oxford Scholarshipdasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant Oksfordda oʻqitiladigan bakalavriat kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant har yili Organisation for Economic Co-operation and Development (OECD) tomonidan moliyaviy rivojlanishga hissa qoʻshish uchun rivojlanayotgan davlatlardan kelgan 2-3 nafar talabaga beriladi. Grant uch-toʻrt yilga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish uchun kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Bakalavriat kurslarining kontrakti bir yilga taxminan 24 750 – 34 678 funt-sterling.

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. 3-4 yilgacha kontrakti toʻliq qoplanadi.
  2. 3-4 yilgacha yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.
  3. Qaytish uchun har yilga bittadan aviachipta olib beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Rivojlanayotgan davlatlar, jumladan oʻzbekistonlik fuqarolar ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2021-yildan boshlab Oksfordda oʻqitiladigan bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi zarur.
  3. Tibbiyot yoʻnalishlariga oʻqishga kirgan talabalar bu grantga ariza bera olmaydi.
  4. Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.
  5. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  6. Nomzod eng yuqori natijalarni koʻrsatishi kerak. Shuningdek, moliyaviy yordamga muhtojlik ham inobatga olinadi.
  7. Nomzod bu grant berilishi koʻzda tutilmagan fakultet/kollej/boʻlim (tibbiyotdan tashqari)a oʻqishga kirgan boʻlsa ham bu grantga ariza bera oladi, faqat, oʻqishini mos keladigan fakultetga koʻcherish lozim boʻladi.
  8. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamid 7,0 ball (har bir boʻlimdan 6,5 ball) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  9. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomini topshiradi. Baholar a’lo boʻlishi lozim.
  10. Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.
  11. Nomzod oʻqish tugagandan keyin oʻz Vataniga qaytib ketishi shart.

Barcha talablar haqida: shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant 2021-yildan boshlab Oksfordda oʻqitiladigan bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod shu kursga ariza berishi kerak. Kursga  oʻqishga hujjat topshirish 2020-yil 15-oktabrgacha, grantga esa 2021-yil 10-fevralgacha davom etadi. Ammo grant olishni istasangiz, imkon qadar erta hujjat topshiring.

Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  2. Tanlangan kurs sahifasiga kiring.
  3. Avvalo Applying sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  4. Umumiy kirish talablarini shu yerdan, ingliz tili talablarini esa shu yerdan oʻrganib chiqing.
  5. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan.
  6. Tanlangan kurs sahifasidagi “Apply” yozuvi orqali ariza topshiring.
  7. Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  8. Jarayon yuzasidan savollarga savol-javoblar sahifasidan oydinlik kiritish mumkin.
  9. Grantga hujjat topshirish. Grantga hujjaar qabuli hozir yopiq. Ma’lumotlar yanvar oyida shu yerga joylashtiriladi
  10. Eslatma: hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlarini batafsil oʻrganib chiqing.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va ilovasi. Baholar iloji boricha a’lo boʻlishi lozim.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 7,0 ball (har bir boʻlimdan 6,5 ball) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Qoʻshimcha GRE/GMAT sertifikati soʻralishi mumkin.
  • Qoʻshimcha LSAT sertifikati talab qilinishi mumkin.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.

Barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Natijalar 2021-yil aprel oyida eʼlon qilinadi:

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!