×

Angliya: Bakalavriat va magistratura bosqichi uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

15.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1368 marta

Angliyaning Preston shahrida joylashgan University of Central Lancashire (UCLAN) navbatdagi Merit Scholarship for International Students dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning 2021-yilda boshlanadigan barcha bakalavriat va magistratura (taught) bosqichlariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant uch yilgacha beriladi. Grantga nomzod a’lochi va salohiyatli, akademik yutuqlarga erishgan boʻlishi lozim.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Central Lancashire (UCLAN)da oʻqish toʻlovi 2020-oʻquv yiliga bakalavriat uchun 12 450 dan 13 450 funt-sterlinggacha va magistratura (taught) kurslarida esa tanlangan kursga qarab farq qiladi va taxminan 12 950 dan 38 000 funt-sterlinggacha. Toʻliq ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodga oʻqish muddati tugaguncha har yili kontraktdan 2 000 funt-sterling chegirma qilinadi. Bu grantga hujjat topshirgan nomzodlar yana qoʻshimcha 1 000 funt-sterling grant olishlari mumkin.

Stipendiya dasturi faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2021-yilda boshlanadigan barcha bakalavriat va magistratura (taught) kurslaridan biriga oʻqishga kirishi zarur.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Baholar kamida yaxshi/a`lo/80% ijobiy boʻlishi talab qilinadi. Merit Scholarship grantiga esa baholar bakalavr uchun 5 dan 3,5/ 65%; magistraturaga 5 yillik diplom yoki Bakalavr baholari 5 dan 3,5/65% boʻlishi lozim.
  4. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomini topshiradi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat soʻralishi mumkin. Oʻzbekistonlik nomzodlar uchun qabul talablari: shu yerda.
  5. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 6,0-6,5 boʻlishi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning 2021-yilda boshlanadigan barcha bakalavriat va magistratura (taught) kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish muddati 2020-yil 15-sentabrgacha. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Oʻqishga topshirilgan hujjatlar asosida nomzodlar grantga saralanadi.

Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avvalo How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  2. Oʻzbekistonlik nomzodlarning hujjatlariga talablarni shu yerdan tekshirib oling.
  3. Universitet rasmiy saytining International sahifasiga kiring.
  4. Sahifadan kerakli kursni tanlang.
  5. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan.
  6. Qanday qilib ariza berish haqidagi ma’lumotlarni shu yerdan batafsil oʻqib chiqing va ariza bering.

Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Baholar kamida yaxshi/a`lo/80% ijobiy boʻlishi talab qilinadi. Merit Scholarship grantiga esa baholar bakalavr uchun 5 dan 3,5/ 65%; magistraturaga 5 yillik diplom yoki Bakalavr baholari 5 dan 3,5/65% boʻlishi lozim.
  • Nomzod attestat/kollej/litsey diplomini topshiradi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat yoki Foundation kursi diplomi soʻralishi mumkin. Oʻzbekistonlik nomzodlar uchun qabul talablari: shu yerda.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 6,0-6,5 boʻlishi kerak.
  • Moliyaviy ahvolingiz yoki stipendiya/grant haqida maʼlumotnoma.
  • CV/resume.
  • Pasport nusxas
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa fursat ichida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta: Iadmissions@uclan.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!