×

Angliya: Bakalavriat va magistratura uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

19.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2640 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan University of Greenwich International Scholarships Award dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitet bakalavriat va magistratura bosqichlarining 1-kursiga qabul qilingan a’lochi talabalarga beriladi. Grant bir marta berilishi moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet bakalabriat va magistratura kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba bir yilga taxminan 13 000 -15 500 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan talabaga o‘qishning birinchi yili uchun kontraktdan 500 dan 3 000 funt sterlinggacha chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod a’lochi bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod univeristetning bakalavriat yoki magistratura kurslariga 2019-yil sentabr/ 2020-yil yanvardan o‘qishga qabul uchun taklifnomani qo‘lga kiritgan bo‘lishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,0 ball talab qilinadi.
  5. Attestat/kollej/litsey yoki bakalavr diplomiga ega bo‘lishi lozim.
  6. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga to‘liq javob berishi kerak.
  7. Nomzod o‘z xarajatlarini o‘zi qoplaydigan chet ellik talaba statusida bo‘lishi lozim.
  8. Universitetda ayni vaqtda oʻqiyotgan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.
  9. Yuqori kursda oʻqiyotgan nomzodlarga boshqa rantlar taklif etiladi.

Grantga oid talablar toʻliq: shu yerda berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant univeristetning bakalavriat yoki magistratura kurslarida o‘qish uchun beriladi. Buning uchun nomzod avval o‘qishga kirishga ariza berishi lozim. Grantga esa o‘qishga taklifnoma olingandan keyin alohida ariza topshiriladi. O‘qishga hujjat topshirish dedlayni farq qilishi mumkin. Dedlayn sanalarini tanlagan kursingiz sahifasidan tekshirib oling. Grantga hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlari farq qiladi. Ayni vaqtda eng yaqin dedlayn: 2019-yil 19-iyul.

Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish haqida batafsil: shu yerda berilgan.

Grantga hujjat topshirish uchun onlayn ariza shaklini to‘ldirib, dedlaynga qadar 2000 ta belgigacha yozilgan kelajakdagi rejalaringiz bilan birga joʻtaning. Rejalar ariza sahifasiga yoziladi.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Attestat/Diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,0 boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha LSAT/GRE/GMAT/ACT/SAT kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan toʻrt hafta oʻtib xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun:

International/EU Students

Telefon: +44 (0)20 8331 8136

Faks: 020 8331 8625

E-mail: international@gre.ac.uk

MPhil/PhD Students

Telefon: +44 (0)20 8331 9794

E-mail: postgraduateresearch_admissions@gre.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!