×

Angliya: Barcha bosqichlar uchun 2 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1388 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan Kingston University London 2019-yilning kuz faslida boshlanadigan kurslar uchun International scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetda o`qitiladigan bakalavr, magistratura va doktorantura kurslariga oʻqishga kirgan 1-kurs talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir marta beriladi. Grant talabaning a’lo baholari va kelajakdagi rejalarini inobatga oladi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kingston University London bakalavr yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2019-2020-oʻquv yili uchun taxminan 14 200 dan 15 300 funt-sterlinggacha, magistratura va doktorantura uchun esa tanlangan yo`nalishga qarab farq qiladi. Masalan, Accounting and Finance Masters (MSc) kursida o`qish uchun 15 600 funt-sterling kontrakt to`lash kerak.

Grant yutib olgan nomzodlarga bir marta kontrakt pulini qisman qoplash uchun 2 000 funt-sterling mablag` beriladi. Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning bakalavriat, magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  • Nomzod universitet ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishni istashi va bunga hissa qo`shishga tayyorligini ko`rsata olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning bakalavriat, magistratura va doktorntura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Keyin esa grantga alohida ariza beriladi. Dedlayn 2019-yil 31-maygacha.

Kursga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab https://www.kingston.ac.uk/international/courses/ sahifasidan kerakli bosqih va kursni tanlaymiz.
  • Ochilgan sahifadan Entry requirements boʻlimida chet ellik talabgorlar uchun maʼlumot berilgan. Toʻliq oʻqib chiqamiz.
  • How to apply bo`limida qanday qilib hujjat topshirish tartibi ko`rsatilgan.
  • Make your application bo`limida esa ariza toʻldiramiz.
  • Talablar boʻyicha soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnatamiz.
  • Hujjatlarning tarkibi yoki topshirish jarayono bo`yicha savol tug`ilganda +44 (0)20 8417 9000 raqami orqali tekshirib olinadi.

Grantga ariza berish. Grantga onlayn tarzda ariza beriladi. Arizani to`ldirib, o`qishga qabul haqida hujjat, diplom va diplom ilovasi (bakalavriat uchun attestat, kollej diplomi va ilovasi), 500 ta so`zgacha Personal Statement bilan birga 2019-yil 31-maygacha jo`natish kerak.

Kerakli hujjatlar tarkibi (o`qishga kirishga):

  • Ariza.
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.0 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Tanlangan sohaga qarab qo`shimcha GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Esse yoki motivatsion xat so`ralishi mumkin.
  • Magistratura va doktorantura uchun tavsiyanoma talab qilinadi.
  • Magistratura va doktorantura uchun research proposal so`raladi.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga ijtimoiy faolligi, moliyaviy yordamga muhtojligi, aʼlo baholari, universitet hayoti va Talabalar Kengashi tadbirlarida ishtirok etish hamda tashkiliy ishlarda yordam berishga tayyorligiga asosida saralanadilar.

Natijalar 2019-yil iyul oyining o`rtalarigacha xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun:

International Scholarships Department
Manzil: Yorkon Building 0019
Kingston University London
Kingston Hill campus
Kingston upon Thames, KT2 7LB

Telefon: +44(0)20 8417 3411

Elektron pochta: internationalscholarships@kingston.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!