×

Angliya: Barcha bosqichlar uchun 50 foizli grantlar


Grant

MUHLAT

15.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2251 marta

Angliyaning Linkoln shahrida joylashgan University of Lincoln bakalavriat, magistratura va doktorantura kurslari uchun moʻljallangan The Lincoln 50% Global Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetga oʻqishga kirgan barcha bakalavriat, magistratura va doktorantura kurslarining a’lochi talabalari uchun tashkil etilgan. Grant birinchi kursga oʻqishga qabul qilingan talabalarga berilishi moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish uchun chet ellik talaba bir yilga taxminan 15 900 funt-sterlingdan boshlab kontrakt toʻlaydi. Toʻlov hajmi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida sizni qiziqtirgan kurs sahifasining “Fees&Scholarships” boʻlimidan bilib olishingiz mumkin.

Grant yutib olgan talabalarga kontrakt pulidan 50 foiz chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar (Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyag kiradigan davlatlardan tashqari) fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat, magistratura va doktorantura kurslaridan biriga oʻqishga taklifnomani qoʻlga kiritgan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod kollej/litsey/1 yillik foundation/bakalavr/magistr diplomiga ega bo’lishi lozim.
  4. Nomzod a’lo baholarga o’qigan boʻlishi kerak. Grant uchun baholar GCE AAB/2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,0-7,0 ball talab qilinadi.
  6. Boshqa stipendiyalarni olayotganlar ariza bera olmaydi.
  7. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga toʻliq javob berishi kerak.

Barcha talab va cheklovlar haqida batafsil: shu yerda va shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitet bakalavriat, magistratura va doktorantura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish lozim. Hujjat topshirish uchun dedlayn 2020-yil 15-iyulgcha.

Oʻqishga hujjat topshirish

  1. Bakalavriat yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish haqida batafsil: shu yerda ma’lumotga ega boʻlasiz.
  2. Magistratura va doktoranturaga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish haqida esa batafsil: shu yerdan ma’lumotga oling.
  3. Oʻqishga hujjat topshirish UCAS tizimi orqali amalga oshiriladi.
  4. Kirish talablari davlatlarga koʻra farq qiladi. Universitet roʻyxatida Oʻzbekiston koʻrsatilmagan, shuning uchun talablarni aniqlash internationalenquiries@lincoln.ac.uk manzili yoki +44 (0)1522 308108 raqamidan aniqlanadi.

Grantga ariza berish. Grantga ariza shaklini yuklab olib, toʻldirish va intscholarships@lincoln.ac.uk manziliga joʻnatish kerak. Ariza ichida berilgan savolga 500 ta soʻzgacha esse yoziladi.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Attestat/Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun baholar a’lo, ya’ni A yoki 2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,0-7,0 boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin. chunki kontraktning qolgan qismi va yashash xarajatlarini talaba oʻzi toʻlay olishi kerak.
  6. Viza haqida ma’lumotnoma soʻraladi.

Grant boʻyicha toʻliq ma’lumot bilan: shu yer va shu yer orqali tanishish mumkin.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan 10 kun oʻtib elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: international@lincoln.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!