×

Angliya: Barcha bosqichlar uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

31.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3465 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan Kingston University London 2020-yilning kuz faslida boshlanadigan kurslar uchun International scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetda oʻqitiladigan bakalavr, magistratura va doktorantura kurslariga oʻqishga kirgan 1-kurs talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir marta beriladi. Grant talabaning a’lo baholari va kelajakdagi rejalarini inobatga oladi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kingston University London bakalavr yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi taxminan 14 200 dan 15 300 funt-sterlinggacha, magistratura va doktorantura uchun esa tanlangan yoʻnalishga qarab farq qiladi. Masalan, Accounting and Finance Masters (MSc) kursida oʻqish uchun 15 600 funt-sterling kontrakt toʻlash kerak boʻladi.

Grant yutib olgan nomzodlarga bir marta kontrakt pulini qisman qoplash uchun 2 000 funt-sterling mablagʻ beriladi. Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning bakalavriat, magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  • Nomzod universitet ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishni istashi va bunga hissa qoʻshishga tayyorligini koʻrsata olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat, magistratura va doktorntura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Keyin esa grantga alohida ariza beriladi. Hujjatlar 2020-yil mart oyidan boshlab 2020-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Kursga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  • Ochilgan sahifadan Entry requirements boʻlimida chet ellik talabgorlar uchun maʼlumot berilgan. Toʻliq oʻqib chiqing.
  • How to apply boʻlimida qanday qilib hujjat topshirish tartibi koʻrsatilgan.
  • Make your application boʻlimida esa ariza toʻldiring.
  • Talablar boʻyicha soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  • Hujjatlarning tarkibi yoki topshirish jarayono boʻyicha savol tugʻilganda +44 (0)20 8417 9000 raqami orqali tekshirib olinadi.

Grantga ariza berish. Grantga onlayn tarzda ariza beriladi. Arizani toʻldirib, oʻqishga qabul haqida hujjat, diplom va diplom ilovasi (bakalavriat uchun attestat, kollej diplomi va ilovasi), 500 ta soʻzgacha Personal Statement bilan birga 2020-yil 31-maygacha joʻnatish kerak.

Kerakli hujjatlar tarkibi (oʻqishga kirishga):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.0 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.
  • Magistratura va doktorantura uchun tavsiyanoma talab qilinadi.
  • Magistratura va doktorantura uchun research proposal soʻraladi.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga ijtimoiy faolligi, moliyaviy yordamga muhtojligi, aʼlo baholari, universitet hayoti va Talabalar Kengashi tadbirlarida ishtirok etish hamda tashkiliy ishlarda yordam berishga tayyorligiga asosida saralanadilar.

Natijalar 2020-yil iyul oyining oʻrtalarigacha xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: internationalscholarships@kingston.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!