×

Angliya Bath University: Bakalavr bosqichida oʻqish uchun 8 000 funt-sterlinggacha grantlar


Grant

MUHLAT

15.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1492 marta

Angliyada joylashgan Bath University bakalavriat kurslari uchun Scholarships for international undergraduate students dasturi doirasida bir nechta grantlarga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetdagi barcha bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar bir yilgacha beriladi. Universitet quyidagi grantlarni taklif etadi:

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi tanlangan yoʻnalishga qarab farq qiladi va taxminan 13 225 dan 20 700 funt-sterliggacha.

Grant yutib olgan nomzodlarga 1 yil muddatga kontrakt pulini qisman qoplash uchun:

  • The Chancellor’s Scholarship. Grant faqat birinchi kurs uchun beriladi. Grant olish uchun tanlangan kurs talablarida mos boʻlish va kamida AAA darajali diplom egasi boʻlish kerakGrant oʻqish pulini 2000 funt-sterliggacha qoplaydi:
  1. International Baccalaureate –40 ball; Europe Baccalaureate – 92% uchun – 2 000 funt-sterling;
  2. International Baccalaureate –38 ball; Europe Baccalaureate – 88% uchun – 1 000 funt-sterling chergirma qilinadi.
  • The International Baccalaureate 50th Anniversary Scholarship. A’lochi talabalarning oʻqish pulidan 6 000 funt-sterlig chegirma qilinadi. Bu grant Chancellor’s Scholarship granti bilan qoʻshilib berilishi mumkin va shunda:
  • International Baccalaureate – 44 ball: 6 000+2 000 jami 8 000 funt-sterling;
  • International Baccalaureate – 43 ball: 3 000+2 000 jami 5 000 funt-sterling;
  • International Baccalaureate – 42 ball: 1 500+2 000 jami 3 500 funt-sterling chegirma qilinadi.

Barcha grant dasturlari haqida toʻliq ma’lumot va kerakli hujjatlarni shu yerdan batafsil oʻrganib chiqing.

Dastur nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod qaysi grantga talabgorligiga qarab aʼlo bahoga oʻqigan boʻlishi zarur. Deyarli barcha grantlarga International Baccalaureate (IB) kamida 38 ball yoki ekvivalent talab qilinadi.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. IELTS kamida 6,0 boʻlishi talab qilinadi.
  5. Nomzod 12 yillik ta’lim – attestat/kollej/litsey diplomiga ega boʻlishi lozim.

Talablar haqida batafsil maʻlumotni shu yerdan va shu yerdan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shunig uchun avval oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqish va grantga hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlari 2019-yil 5-sentabrdan 2020-yil 15-yanvargacha. Ammo grant yutishni istasangiz, ertaroq ariza bergan maqsadga muvofiq.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  • Kurs sahifasidagi kirish talablari bilan tanishing.
  • UCAS tizimi orqali ariza bering.
  • Ariza koʻrilishi uchun badal toʻlash kerak. Badal toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
  • Keyin soʻralgan hujjatlarni tizimga yuklang.
  • Agar hujjat topshirish bilan bogʻliq maslahat kerak boʻlsa, yurtimizdagi Britaniya Konsulligiga murojaat qiling.
  • Agar hujjat topshirish bilan bogʻliq muammo tugʻilsa, admissions@bath.ac.uk manzilidan aniqlang.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi yoki International Baccalaureate yoki ekvivalent diplomi soʻraladi. Buni admissions@bath.ac.uk manzilidan aniqlang.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS kamida 6,0 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Tanlangan kursga qarab SAT/ACT sertifikati yoki matematika imtihoni sertifikati soʻralishi mumkin.
  • Suhbat oʻtkazilishi mumkin.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga a’lo baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va tirishqoqligi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: admissions@bath.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!